Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 6-jild: Quyosh bekati: She’rlar, maqolalar, suhbatlar, tarjimalar

Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 6-jild: Quyosh bekati: She’rlar, maqolalar, suhbatlar, tarjimalar. — T.: Sharq, 2010.

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning 2000-2001 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida to‘rt jildlik «Tanlangan asarlar»i, 2005 yilda esa «Adolat» nashriyotida ushbu jildlarning mantiqiy davomi sifatida «Adolat ko‘zgusi» (5-jild) to‘plami nashr etilgan edi. Shoir ijodi shu taxlit jamlab borilayotir. «Quyosh bekati» deb nomlangan ushbu yangi to‘plam yuqorida eslatib o‘tilgan jildlarning tadrijiy davomi, sana hisobidan 6-jild hisoblanadi. To‘plamdan shoirning keyingi to‘rt-besh yildagi ijod mahsuli, shuningdek, oldingi she’riy kitoblar va jildlarga kirmay qolgan she’rlar, ayrim tarjima asarlar o‘rin olgan.

Nashrga tayyorlovchi, izohlar va so‘ngso‘z muallifi: Doniyor Begimqulov