Bir kun
Ko‘ylagin yecharkan, nozlandi:
“Qara, qaddimga boq, qanday go‘zal-a!”
Tongda, ketar chog‘i, eslatib qo‘ydi:
“Yolg‘izlikda oy ham, unutma,
Yigirma kunga bormay, qariydi!”
Dushmanim
Uzoq-uzoqlarga ketdi, dushmanim,
Chirmab tashlab meni daraxtga.
Suyuklimni otga o‘ngarib,
Etti toyni oldiga solib
Chala ketdi men chalgan nayni!
Rus tilidan Abdu Nabi tarjimalari