Takaxama Kyosi (高浜 虚子) aksar yapon shoirlari tug‘ilgan Sikoku orolida tug‘ilgan. 1891 yili u mashhur shoir Masaoka Siki bilan tanishdi va uning sevimli shogirlaridan biriga aylandi. Keyinchalik Takaxama xayku janrida faol ijod qilib, Tokioga ko‘chdi. Xaykuchi shoirlar jurnali “Xototogisu”ni (“Kakku”) boshqardi.
BAHOR
Qishlog‘imizdagi qari majnuntolni
Yoshartirdi
Nihoyat bahor.
* * *
O, sukunat!
Borliq uzra taralar
Bulbul navosi.
* * *
Ko‘klam suvlari,
Daryo adog‘ida yashaydigan
Qizaloq qoshiga mehmon bo‘lmoqqa keldi.
* * *
Qayg‘u bilan g‘amgin boqib turdim,
Yomg‘ir yog‘ishidan oldin
Qaldirg‘ochlar buncha sarson chappar urganiga.
* * *
O, qanday sukunat!
Savalaydi bahor yomg‘iri
Ochilmagan g‘unchalarni beayov…
* * *
Ko‘klam sellari
O‘zi bilan olib kelsa
Nahot qora zulmatni?!.
* * *
Serg‘alva olomon to‘piga
Sajdagohning darvozasi berk
Sukunatda gullar olchalar.
KUZ
Kuz adog‘iga yetmoqda.
Oyning tiniq nurlarida ko‘rib qoldim-ku
Mehmonim nechog‘liq qarib ketibdi…
* * *
Oyning etagiga yopishganicha
Uzoq-uzoq osilib turdi
Yolg‘iz mitti bulutcha.
* * *
Osmon gumbazida suzib borayotgan
Bulutlar izidan
Boraman men ham…
QISh
Tez orada tinchib qoladi
Yog‘och kesuvchilar boltalari tog‘da:
Qishki yomg‘irlar mavsumi…
Ruschadan Tursun Ali tarjimalari
***
Qor og‘irligidan qiyshaygan
Og‘ilxona tamonda
Maraydi sigir…
***
Guvillagan sovuq shamolni ,
Ko‘ksim bilan qarshi olib .
Bir zumga unutdim qariganimni…
***
Men bugun xar doimgidan ham ,
Qo‘proq achindim gullarga
Qish shamolida
***
Baland qoya toshlar aro
Ko‘rinadi mo‘‘jaz bir qishloq ,
Qishki qaltis yo‘llar .
***
Ikkiga ayrilib
Olisga cho‘zilar ikki ip –
Dala so‘qmoqlari
***
Xademay jimib qolar
O‘tinchilar boltasi tog‘da ,
Kuzgi yomg‘irlar…
***
Uxlang Tokioliklar !
Birinchi qish yomg‘iri yog‘ar ,
Tungi jimlikda
***
Ariqchani loyqalatib ,
Dexqonlar sholg‘om yuvar
Xafsala bilan…
***
Qishki bo‘ron .
Fonarning xira nuri ,
Aks etadi paqir suvida
***
Mo‘rini ochaman .
Qilt etmay osilib turar ,
Kul ustida mudroq o‘rgimchak
***
Birinchi qish yomg‘iri ,
Mening yuragimda umrbod
Qolar endi u…
***
Janub yoqqa uchib o‘tdi qush ,
Tumshug‘ida nimadir cho‘qib .
Meva shekilli…
***
Mana , yana bitta chinor novdasi ,
Yalang‘ochlandi…
Chor – atrof jim – jit.
***
O‘tinchilar qarar ,
Tog‘lardan turib ,
Vodiylarda qolgan qorlarga…
Xoldor Vulqon tarjimasi