IJOD
Ijodda husnixat
Ko‘p ham zarurmas…
Mayli, u chaplashgan,
Mayli,jimjima,
Mayli, u xunukdir,
Tik, adl turmas,
Yo o‘ngga, yo chapga
Qiyshaysa nima!
Mayli, u o‘qishga
Qiyin bo‘lsa ham.
Mag‘zida haqiqat qoni yursa, bas!
Nomusu insofdan nido bersa, bas!
Bundayin dastxatlar
Eh, qanday ko‘rkam!
Shu uchun hamisha
Ikki so‘z faqat,
Ikki so‘z yozaman:
«Tinchlik! Hurriyat!»
Shuhrat tarjimasi