Nakamura Kusatao (1901-1983)

Nakamura Seyitiro (中村清一郎) (24 iyul 1901 — 5 avgust 1983) — yapon shoiri. Adabiy taxallusi — Nakamura Kusatao (草田男).

* * *

Qish dengizi!
Chag‘alaylar suzar bag‘rida
To‘kilgan xrizantema yaproqlaridek.

* * *

Qabr toshi ekan,
Men bo‘lsam, yo‘lko‘rsatkich deb o‘ylabman.
Qish yo‘lidan boraman yolg‘iz.

Xurshid Davron tarjimasi