Nagatsuka Takasi (長塚節; 3 aprel 1879, Ibaraki — 8 fevral 1915, Fukuoka) — yapon shoiri, adabiyotshunos, Masaoka Sikining shogirdi.
***
Dala ortidagi zovurda
Boshlarini chiqarib suvdan
Baqalar kuylaydi .
Siyrak o‘rmonda esa
Kalinalar gullabdi oppoq .
***
Uy oldidagi bog‘da
Salqin tumanlar
Tongi g‘ira – shirada
” Badyan ” shoxlaridan to‘kilgan
Xazonlarni supuraman jim .
***
Loviya palaklari
Yig‘ishtirib olingan.
Kuzgi daladagi
To‘rsaygan kulrang tikanlar aro
Chigirtkalar chirillar g‘amgin…
***
O ,Kameliya guli ,
Muzlab sovqotding ,
Sovuq shamolda
Senga xech kim achinib boqmas .
O‘xshash bizning taqdirlarimiz…
***
Bugun tunda jarangdor
Ovoz bilan kuylar chirildoq .
Qaerdadir , shu yaqin atrofda –
Balki , misol uchun , oshxonada , yoki
Sabzovot solingan to‘rvada kuylar…
Xoldor Vulqon tarjimasi.