Minamoto Sanetomo (1192-1219)

Minamoto-no Sanetomo (源実朝, 17 sentyabr 1192 — 13 fevral 1219 goda) — yapon shoiri. Minamoto-no Yoritomoning ikkinchi o‘g‘li.

* * *

Erta tongda qarasam,
Tog‘ boshin chalgan tuman.
Bahordan berar darak
Yastangan kengliklaru
Bulutsiz, tiniq osmon.

* * *

Bu o‘tkinchi dunyo
Ul ko‘zguda aks etgan
Sarobning jilvasidir.
Bor, biroq, bor deya aytolmaysan,
Yo‘q, biroq, yo‘q deya aytolmaysan.

* * *

O, bechora yuragim,
Ne kelar qo‘limizdan?
Tog‘ gullari ham, afsus,
Qovjirab, so‘lib qolgan.
Uvillay boshlar bo‘ron.

* * *

Qor qopladi osmonni,
Yo‘lga yaramay qoldi,
Yovvoyi g‘ozlar butkul.
Uchib ketishar yana…qanotida ko‘tarib
Erta ko‘klam yomg‘irin.

Ruschadan Jabbor Eshonqul tarjimasi