Ki-no Tomonori (紀 友則) — Xeyan davri yapon shoiri. «36 o‘lmas shoir»lardan biri. «Kokinvakasyu» antologiyasi tuzuvchilaridan biri.
* * *
Mayli, olib ketsin bahor shamoli
Uzoq-uzoqlarga
Gulbarglarning xush iforlarin –
Toki bulbul kulbam yonidagi chappar urib gullagan
olxo‘ri tomon yo‘lni adashmay topib kela olsin!..
* * *
Ko‘z yoshlar
Chaqmoqdan so‘ng tomgan tomchilaru
Ipi uzilib ketgan munchoqlar kabi….
Butun borlig‘im-la sevganim,
Hislarimni yashirganim uchun meni aybsitmang…
Rus tilidan Minhojiddin Mirzo tarjimasi