Tan Da (1888-1939)

* * *

Kuz tuni naqadar qayg‘uli, ey Oy!
Odamlar dunyosi tegdi jonimga.
Oy, tungi ko‘shkingda menga yo‘qmi joy?
Qayrag‘och shoxidan chiqsam yoningga.
Yonimda sen kabi mahbubam bo‘lsa,
Har bulut, shamolga bo‘lar edim shod.
Oy, seni bag‘rimga bosib, tepadan –
Odamlarga boqib solardik faryod…

Rus tilidan Karim Bahriyev tarjimasi