* * *
Jilvagar bo‘ldi mango bir kanizaki nozukkina,
Kokuli har yon sochilg‘on, qop-qora ko‘zlukkina.
Yoshlig‘ aylarmu va yo sho‘xluq qilurmi, bilmadim,
Lobalar ko‘rguzmish ul har lahza yuz turlukkina.
Lablaridin jon berurda nozi ishvasin ko‘rung,
Jon olurda yo‘q emish mundog‘ yana chobukkina.
Sabzai gul rangida bir hol yo‘qdur yozu qish,
Turfadurkim, qip-qizil mangzi, qoshidur ko‘kkina.
Aytib erdi bir kuni, kelgil xumoringni yozay,
Deb ekan, borsam umid aylab, bori o‘trukkina.
Sho‘xluq ijnos etib, bilmay nechadin tutma sahl,
Garchi o‘g‘lonvash erur ul, bo‘lsa ham so‘zlukkina.
Sho‘xi javlon, jilvai kofir, shevasi sayyodliq,
Sarvi qad, siymin zaqan, ham orazi o‘tluqqina.
Nimcha noranji, qizil ko‘nglak, boshida qarqara,
Sunbuli beshdin o‘rulgan, tol chibiq bo‘rklukkina.
Arshiy, yoshlar vasfida yoshliqliqingni qo‘ymoyin,
Louboliqdin deding so‘zlar, bu emdi shukkina.
Uyg‘ur tilidan Omonbek Jalilov tabdili