O‘rxon Shoiq Ko‘kyoy (1902-1994)

O‘rxon Shoiq Ko‘kyoy (Orhan Şaik Gökyay) – turk adabiyot adabiyot tarixi va til olmi, shoir, ma’rifatparvar.
“Bu Vatan kimniki” she’ri mashhurdir. Uning Dada Qo‘rqut hikoyalari haqidagi ilmiy ishlari adabiyotshunoslar orasida qadrlidir.

QORIShIQ

Erlardan ko‘klarga tortardim to‘rlar
Shu oqqan yulduzlar manimdir, manim.
Tizzamning tubiga po‘stin yozardim,
Jilmaygan gullar-da manimdir, manim!

Yaproqlar, mevalar, gullar novdasi
Ko‘zlarning, tillarning to‘lug‘ mujdasi,
O‘radim o‘zimning, dardi nihonim,
Boshim tuman-tuman, dilda fig‘onim?

Yo‘llarga tushmishman, qo‘lsiz-oyoqsiz,
Turkular tuzmishman so‘zsiz, turoqsiz.
Sozimni sindirib, sasin olibman,
Tordan uchib ketgan unimdir, unim!

Salom, ey bag‘rimga urilgan sado,
Alvido “nechun”ga, “chunki”ga vido!
Bir mushkulot yurgan yo‘lda turibman,
Senga o‘grilgandir tomonim, yonim!

Otashga beribman to‘rtta faslni,
Bir yaproqqa indiribman taqvimni.
Kecha bo‘lib, seni tushda ko‘ribman,
El bilan kechmas hech kunim, oh kunim!

Baxshim meni olib tortib ketibdi,
Jayronlari to‘la joyga eltibdi,
Seni nishon olib, o‘zni uribman,
Tinmay oqar qonim, qonimdir manim!

Sadolar qaytar yo‘ldan; o‘tgan kunimdir,
Saslar tutar yo‘lga, so‘ngim, so‘ngidir.
Zaharmi, asalmi, nimadir qordim
Totmoq uni mushkul, u manim, manim!

SENI KUTMOQDAMAN, UL KUN BUL KUNDIR

Sendan yuz yil avval kelib, dunyoda
Seni kutmoqdaman, ul kun bul kundir…
Goh g‘urbatda, goh sog‘inchda, ziyoda
Seni kutmoqdaman, ul kun bul kundir…

Ko‘zlarim yo‘llarda, yo‘lim uzoqda,
Gulob bilan yuvinganding quchoqda,
Muz to‘shakda qotdim yolg‘iz yotoqda,
Seni kutmoqdaman, ul kun bul kundir…

Beshiklarda, yo‘rgaklarda bir jahon –
Oq gullar ichinda quyosh – mitti jon,
Ko‘zlaring sim-siyoh, dudoqlar marjon
Seni kutmoqdaman, ul kun bul kundir…

Uyda o‘ynarding o‘zing qo‘g‘irchoqmi,
Yiroqdan kuzatar edim maroqli,
Yulduzlardan inma bir gul yanoqli,
Seni kutmoqdaman, ul kun bul kundir…

Ko‘zlaring so‘zlaydi, tillarim biyron,
Sadaf lablar burni aylaydi nihon,
Qiqirlasang go‘yo jaranglar osmon…
Seni kutmoqdaman, ul kun bul kundir…

Uyg‘ondimki, qarashingda o‘zgarish,
Yuraman o‘zgacha… hayratli bu ish!
Ko‘rgan tushim o‘ngga yoki aylanish
Seni kutmoqdaman, ul kun bul kundir.

O‘lim xayolingga kelmaydi sevgach,
O‘ylanmas oqibat injadan inja…
Na kunduzim kunduz, na kecham kecha,
Seni kutmoqdaman, ul kun bul kundir…

Ta’bir etarmikin tushmi – ro‘yomni?
Qabul etdi xayrga endi yo‘yarmi?
Umidim bor, shifolaydi yaramni,
Seni kutmoqdaman, ul kun bul kundir…

Turk tilidan Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi