Kichik Iskandar (Küçük İskender – Derman İskender Över) 1964 yili Istanbulda tug‘ilgan. Ilk she’r kitobi “Ko‘zlarim sig‘maydi yuzimga” nomi bilan 1988 yili nashr etilgan. Muallifning 3 ta romani chop etilgan.
BIRINChI KECh…
Tonggacha Sayrar boyqush Ko‘ksi, qo‘llarimda;
vaqt mujavhari kabi yuz yilning porloq Tongi
bir butunga odam damli havo havolarni tortdik
sog‘inchga intildik
burj suratli Apollon boqishli yotoqlarda:
tanholikning cherkov qo‘ng‘iroqlari ostida o‘pishdik
zamon ayb marosimlarida
bir sham yoqsang so‘nadi uzoqlikda…
kutilmagan chaqmoqlarda qoldi oydinlik; aytmadik!
aytilmagan qo‘shiqlarda zavqqa to‘lsin deya insonlik
egov horg‘inliklar-la charxlandi yuraklarimiz
qarich-qarich… bo‘lak-bo‘lak…
Barmoqlaring sir to‘la
temir yo‘llar go‘yo uzun va salqin
Zevsning mahbublari sokin yo‘lovchi
konduktorlar kabi keksa va bezgin So‘zlaring:
— “Xato bu! Xato bu!”
u n u t m a …
nafas-nafas ochilar hazrat gullar bemavrid
toj yaproqlarda aks etadi kunning sir jonlari
– tolalari
va u yerda
bir qo‘l otishda bukilgan qora bo‘yni ila
bir gul qiyossiz, oir taxt quyoshsiz!.
nurlar egizak tug‘di bug‘di meni ikki kelin dudoq
— bu misra Shekspir nomi bilan eslanadi —
— tutun hujumi, minglarcha och o‘likni ortmoqlab
qismatga tashidi
suv sirtlon sachradi, qoshlarining
g‘urbat kamalaklariga tegdi
boshida turganimiz sharsharalar kichraymoqda
— yetisha olamiz
beg‘ubor qiz – bahorlarning rohatiga erisha olamiz
Yoz biroz-da yel o‘qisin balog‘atini odatning
Ez biroz-da taxta qurug‘i jasadlari qurisin
qurolli kechalarda
tilimga kelgan har bemavrid hijjalarda
bir urg‘u ham Sen
bir ma’no ham Sen
yolg‘iz boshingga!…
1
Sochlaringdan bo‘ronlarga sog‘ingan
u laylak qorlari ostidan sen
horg‘in bir yuz-la ko‘p unutilgan
bir ertak qahramoni kabi kelding!
2
Men yolg‘iz va xunuk bir bola ekan
uzun bir maqolga o‘xshatardim umrimni
va yana
juda kulgili bir latifa deb bilardim o‘limni
tush manzilimda qovushgan
3
Seni sevish albatta bir ish qazosidir
qilingan juda yomon bir hazildir yuzim
istardim-ki birga o‘laylik, birga o‘laylik
seni juda sog‘indim shuning uchun xafaman!
4
Xato burilish
ishq ila kommunizm to‘qnashdi
ishq qo‘shuv kommunizm
barobar o‘z joniga qasd
imzo: Mayakovskiy
5
O‘lsam bu dam ixtilol bo‘lasan
imon kundasi, qatl kundasi
o‘rtada gunoh shishasi
6
Qo‘li singan bir bola ko‘rdim
gipsida na bir ot na bir imzo
7
Yanglishma
kecha ertaning tug‘ilgan kuni!
8
“Bir yarim”
seni o‘pishga kelayapman manglayingdan
yoqangga bir moychechak taq!
9
Lir — qanday shoir bo‘ldingiz?
Kichik Iskandar – bu bir tashih xatosi!
Turkchadan Shermurod Subhon tarjimasi