Ahmad Qudsiy Tajar (1901-1984)

Ahmad Qudsiy Tajar (Ahmet Kudsi Tecer) – turk ma’rifatparvari, shoir, dramaturg, siyosatchi.
Qorachao‘g‘lon va Yunus Emro haqida tadqiqotlar qilgan. Mashhur xalq shoiri Oshiq Veysalni Turkiyaga tanitgan.

QAYDASAN

Kechalari bir sas buzar uyquni,
Dilni hayajonga ko‘mar: – Qaydasan?
Axtaraman yillar bo‘yi men uni,
Men oshiqman bu chorlovga, bu sasga.

Kunduzlar sudraklab aylar darbadar,
Bu sas shamollarga qorishib ketar,
Va shomlar yonimda yurib barobar,
Nogahon hayqirar menga: – Qaydasan?

Barcha sevgilarni olib dilimdan,
Borlig‘imni yolg‘iz unga berdim man.
Etsin toki menga bir kun botindan,
To yurakdan bir kun menga “Kel” desin.

Turk tilidan Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi