Ra’noi Zoirduxt 1961 yili Istaravshan shahrida tug‘ilgan. “Guli tole”, “Duxtari subh”, “Valodati ehsos” nomli she’riy kitoblari chop etilgan.
NE UChUN RANJIB KETURSAN…
Ne uchun ranjib ketursan,
ayt, mani bedildan?
Bir so‘nik shamdek ayirding
borligim mahfildan.
Misli mast kaklik edim,
domingga tushdim, netayin,
Zor o‘lib bir don uchun
manam ilindim tildan.
Sen nechukdir vasli husnim
shukrin etmay har nafas,
Yuz burarsan, dil uzolmam
yori noqobildan.
O‘y-xayolim, jonim ila
bog‘lanib qoldim senga,
Qo‘l cho‘zib, qutqazgil endi
tashvishu mushkildan.
Dilginam daryoga monand
jo‘sh urar, isyon qilar,
Bexabar, urdimmi tug‘yon,
man sani g‘ofildan?
Gavhari yakto o‘zimman,
boqmish el hayrat ila,
E’tibor dunyomga yo‘qdir,
vah, sani xushdildan.
Jamshid tarjimasi