Boqi Rahimzoda – Tojikiston xalq shoiri. 1910 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat pedagogika institutini bitirgan. Shoirning “Frontga”, “Yashil yaproq”, “Oltin beshik”, “Buloq”, “Bosib o‘tilgan yo‘l”, “Ilhom” kabi kitoblari nashr etilgan. 1980 yilda vafot etgan.
UMR
Bu dunyoda umrdan aziz dam yo‘qdir,
Umr gashti, shavqila asti g‘am yo‘qdir.
Umring ado bo‘lsa ham muhabbat bilan,
Qayg‘urma hech, sevgidek bir hamdam yo‘qdir.
Ey, yashashga shoshilgan inson, bilgilki,
Shoshilganga ortiq hech bir malham yo‘qdir.
Umringni aziz bilgin, g‘animatdur ul,
Avval-azal umrga ortiq dam yo‘qdir.
Xayol surma behuda, xom sut emgan zot,
Bilmaganga, bilgilkim, hech karam yo‘qdir.
Yurak, osoyishta yashashni o‘rgan,
Bilganga undan hech xotiri jam yo‘qdir.
LAFZ
Ma’ni-la fuzun dunyoda bu lafz,
Shirin-shakaru bir boda bu lafz.
Fahmu suxanu ramzda, beshak,
Tunni yoritur ziyoda bu lafz.
Dil so‘zlarini elu yurt ichra
Izhor etadir zakoda bu lafz.
So‘z san’atidan ko‘ngul-ko‘ngulni
Ravshan etadir iboda bu lafz.
Istar bu ko‘ngul, charaqlasa to –
Tong yulduzidek samoda bu lafz.
Lafz maktabida hamisha tolib,
Boqiy ekan u, vafoda bu lafz.
Tojik tilidan Turob To‘la tarjimasi