Miroslav Valek (Miroslav Válek, 17 iyul, 1927 – 27 yanvar, 1991) – slovak shoiri, publitsist, siyosatchi.
TUYa
Tomog‘i kuya-kuya,
Bufetga kirdi Tuya.
– Menga suv bo‘lsa devdim,
Shuning uchun keluvdim…
Sotuvchi sakrab turdi,
Tuya tomon yugurdi:
– Sizga gazlangan suvmi,
Yoki muzlangan suvmi?
– Manzilim sahro azal,
Menga oddiy suv afzal!
Sotuvchi dedi:
– Shoshma,
Sharbat beraymi, oshna?
– Takliflar yaxshiku-ya, –
Deya tin oldi Tuya.
– O‘n ikki yil tsirkdaman,
Yashirmayman, erkaman.
Chakki emas ish joyim,
Doim olchidir dovim.
Erga qipiq to‘shalar,
Jonga orom o‘shalar.
Chiroqlar charaqlaydi,
Ulkan shift yaraqlaydi.
Chin so‘zim, xo‘p yayrayman,
Yana sahrodadayman.
Sahroda suvsiz qiyin,
Halokat bo‘lar,
Tayin.
Ezilib jigar-bag‘ir,
Sotuvchi der:
– Ish og‘ir!
Ruxsat eting, hoziroq,
Sizga beray yog‘-qaymoq!
Tuya bu gal yutindi,
Sotuvchidan o‘tindi:
– Barini qo‘yaturing,
Menga, oshna, suv bering!
Rus tilidan Nurulloh Oston tarjimasi