Vladislav Silyov (1963)

Vladislav Silyov 1963 yili tug‘ilgan. Moskvada yashaydi. Moskva muhandislik fizika instituti va Gorkiy nomidagi adabiyot institutini tamomlagan.

G‘USSAMNI OL

Kimningdir mushfiq qo‘li
Quyadi bir totli sut…
S. Yesenin

G‘ussamni ol, ola qol,
Et charog‘on ko‘nglimni.
Sohibdilim! Bo‘la qol!
Shu’lang-la ol ko‘nglimni.

Xoch-la meni sharafla,
Naqadar go‘zal diydor.
Ko‘tar shiddatlar ila
Qay makonki, men xumor.

Musibatlarga ajr –
Qaydadir osmonlarda
Sut tutasan, bu qadr,
Baraka ehsonlarga.

Maydalaysan qoldirmay,
G‘ussalarim alvido.
Malikam! Na totli may,
Qalbda yig‘laydi Iso!

YoG‘INGARChILIK

Bir zumga unuttir olamni,
Dardimga, Begoyim, bo‘l hamdam.
Tomchilar chertmoqda oynamni,
Duo mo‘l bo‘lganday ketar dam.

Yig‘loqi bir fasl to‘lg‘ar his,
Mung‘ayib turadi daricha.
Baxtsiz qiz, oldingda cho‘kay tiz,
Jilmayib meni esla.

Qayinlar azobdan kiygan toj,
Shamolga mixlangan ul yurak.
Ko‘z yoshlar mavjlanib tilar boj,
Etadi kuydirib jizg‘anak…

…Allala had bilmas dardlarim,
Na totli so‘zlaring bersin jon.
Yulqinar hurlikka xatlarim,
Isyonkor bag‘rimni etib qon.

Daraxtim bir butoq saboti,
Shamlaring eritib turdim dast.
Istamam abadiy hayotni,
Bir lahza Sevgim-la bo‘lsam, bas.

Rus tilidan Vafo Fayzulloh tarjimasi