Inna Lvovna Lisnyanskaya (24 iyun 1928, Baku — 12 mart 2014, Xayfa) — rus shoirasi, adabiyotshunos. Semyon Lipkinning turmush o‘rtog‘i.
* * *
Men haqimda o‘ylama yomon,
Qahri qattiq, bevafo zamon.
Ochlik berding – mayli deganman,
Yo‘qlik berding – zayling deganman,
Ha,roziman, Bariga tayyor, –
Ichga yutdim bor faryodimni.
Faqat ayla maqsading oshkor, –
Qaytar qurbon e’tiqodimni.
Umrim uchun So‘radim nima? –
Faqat qalbni aytishga imkon…
Ne ro‘y berdi? Sezding.
Jimgina Yerga qarab turibsan, zamon.
Usmon Azim tarjimasi