Eset Aukebayev (1921-2008)

Eset Aukebayev (Eset Әukebayev) 1921 yil 23 dekabrda Sharqiy Qozog‘istonning Zaysan tumanida tug‘ilgan.
Ilk kitobi — «Soqchi siri» (1954) yili chop etilgan. «Tong shafag‘i» (1966), «Do‘stimga xat» (rus tilida, 1968), «Asqar tog‘lar» (1973), «Birlik» (rus tilida, 1977), «Kengchilik» (1980), «Umr — baxt» (1983), «Kun bilan ko‘lanka» (2000) kitoblari nashr etilgan.

* * *

Ey, Olatog‘,
Haybatlisan, zalvorlisan,
Naq yashil ko‘l
Yo buloqdek qaynarmisan?
Shukuhingni,
Savlatingni kuylab o‘tgan
Oqin Jambul
Kabi sen ham kuylarmisan?

Askar yanglig‘
Qarag‘aylar turar saf-saf,
Yosh qayinlar
Cho‘qqi tomon o‘sar guvlab.
Ey, Olatog‘,
Men ham sening yonbag‘ringni
Oraladim
Bir niholdek sho‘x shovullab…

Keldi Qodirov tarjimasi.