Mayramxon Abilqosimova (1936)

Mayramxon Abilqosimova (Mayramkan Abыlkasыmova) – qirg‘iz shoirasi, Qirg‘iziston xalq shoiri (1980). 1936 yil 7 noyabrda Chuy viloyatining Almaluu qishlog‘ida tug‘ilgan. Qirg‘iziston ayollar pedagogika institutini tamomlagan (1958).
Ilk kitobi 1961 yili “Kichkintoy do‘stlarga” nomi bilan chop etilgan. “Haykal so‘ylaydi” (1962) poemasi va “Ishonchim doim yurakda” (1968) she’riy to‘plamlari uchun Lenin komsomoli mukofotiga sazovor bo‘lgan (1970). “Gullar suv so‘raydi” she’riy to‘plami uchun To‘qtag‘ul Sotilg‘anov nomidagi Qirg‘iziston davlat mukofotini olgan (1984).

* * *

Bolam, oradan gap o‘tib,
Ikkimiz ko‘p o‘tindik
Har xil o‘y-xayollar chulg‘ab
Sen qayg‘urding erkalay olmay
Olgan eding daftaring bulg‘ab…
Achiqlanib,
Qo‘lingni sindiraman dedim.
Ichimga to‘lganday kek.
Sen mung‘ayib,
Bag‘ri kengligimga ishonib,
Qo‘rqmay. Yer tiklading tek…
Kuzatdim maktabingga,
Yuragim ezilsa-da
Sir berishni ko‘rmadi ep…
Sen esa ketaverding g‘alatiroq
Ortimdan onam keladi deb.
Kechda ko‘rishdik darvozada
Senda yo‘q zarracha qayg‘u-
Bu ertalabki o‘ychan bolami?..
Quchoqlashdik sog‘inishib…
Ey, odamlar, ona-bola kabi…
Toza… bo‘lsak qani…

* * *

Qiyin bo‘lib ko‘rindi
seni yo‘qotish,
Qaytguchi sog‘inchlar,
safar sharafli.
Ko‘p bo‘ldi ko‘zim tikib
qaray bergum
Sen kelar yo‘l tomon, yo‘l tarafni.
Ishonib tushlarimga fol ochaman,
Ishing o‘ngdan kelar,
der zoriqqanim
Ko‘zga ko‘z ko‘rinar onni
xayol qilsam
Unutilar seni kutib toliqqanim…
Umrni chin sog‘inchlar tarab turar,
Sog‘inch kunda senga
o‘z tug‘in berar.
Yashash –
o‘shal bayroqni baland tutish,
Ul tug‘ esa
chin yashashda davr surar.

* * *

O‘tganlar tiriklarga
yordam qilolmas,
Bo‘lgani tirigida bo‘lib o‘tdi…
Tiriklikda yaxshilik qil odamlarga,
Yaxshilik yaxshiman deb
yashnab yursin
Yaxshilik yo‘qni yo‘qlab
umr sursin..
Suqlansin
bizdan qolgan qadamlarga
A gar oltin ko‘tarsang
elkang bilar,
Pulingni bilar qo‘ling
unda tutsang
Yuragingda bo‘lmasa
asl boylik,
Kim ham seni eslardi
o‘tib ketsang.

* * *

Sevgi, ko‘z yosh,
bosh gangitgan muhabbat
Muqaddas, pok, tiniq bir
baxtga botish.
Eslaganda bularni ko‘ngil yasharar,
Achchiqdir bularni
bir kun yo‘qotish.
Sen yondasan,
to‘kis-tugal dunyoim,
Sezim, tiklik,
es-xush bilan yonasan…
Men sevingum,
chunki ana o‘shalar
Mo‘jizaga aylantirar
odam tanasin.
Shirin sog‘inch ezganda yurak yonib,
Bir his bilan o‘zingni ovutgaysan.
Shular bo‘lsa – archaning cho‘g‘i kabi
Hech qachon sen o‘zingni sovutmaysan.

* * *

Chizay deding rasmingni
Yasandim-da o‘tirdim…
Biroq sen kuylagimni
Chizibsan yashil tusda.
Men o‘ychan edim, sen-chi
Chizibsan meni shodon,
O‘ti bor qilib ko‘zda
Ammo qanday anglading,
Zimdan ko‘zim yonganini
Olov dilning
Va… ko‘zda sevgimni
Qanday bilding.

* * *

Charchadim, deding, yotding,
Uyqudasan, tikilib o‘ltiraman.
Men yana tun kuzataman.
Juda oz ko‘rishamiz…
Bo‘lmas ishni
Men qanday bo‘ldiraman….
Qora tun derazaga suyanib turar
U ehtimol meni uqar.
Eshitaman men uni
Taqdirga ko‘ra.
Bilmoq bo‘lsang mobado
Men o‘tkazgan kunlarni,
Sen uni qora tundan
Tunda so‘ra.

* * *

Tumanni tuman degan yaxshiroq…
She’rni yoz yoki kulib, yoki yig‘lab.
Sen sev, yo‘l to‘s, derazamdan qara,
Dil jangin to‘xtat, yurma qo‘ltig‘lab,
Toqqa chiq, gul hidla, buloq suvin ich
qorakni qora, deb, oq deb oqni
Yomg‘irda qol, dirdira, terla yana.
Hech qachon xafalikda dema kuldim,
Sezadi yolg‘on gapni boshqa tana….
Qorani qora de, oq le oqni,
Hyoyotning shu tuyg‘uda
tole-baxti!

* * *

O‘tganlardan tuzilgan
parad o‘tayotir…
…Ey, yashil ro‘molli qiz,
Sen nima uchun o‘lgansan,
yop-yosh turib?!
Tog‘ gulin to‘liq o‘pmasdan?..
Ey, ayol, to‘xtang-chi!
Yuragim hapriqib ketdi-
Mening onamga o‘xshaysiz…
Men onaning hidiga humorman,
men onamga erkalamay qolganman.
Onaning issiq qo‘li,
Tillo qo‘li,
silay olmay qolga chakkamni…
rostdan to‘xtang!
siz onamsiz shekilli!
Tirigiday sezimimni qo‘zg‘ading,
biroq…biroq
olismidi oralik,
negadir ruhimga ruh quymaysiz…
olislarga ketib, yo‘qdamagan,
goh tushimga kiradigan
do‘stga o‘xshaysiz…

* * *

O‘ylanmasin deb menga dori ichirding,
Men esa o‘ylanmasdan yurolmayman.
Sen menga uxlasin deb dori berding,
Men uxlasam bu dunyo ko‘rolmayman.
Qayg‘urmasin depsan ko‘p, dori berma,
Netayin qayg‘u biti, tez-tez chaqar…
O, duxtir, ko‘p ovora bo‘laverma,
Menga shunday yashamoq obdon yoqar,
Men shunday yaralganman, hech tolmayman.
Mana shunday yashamasam yasholmayman

Usmon Temur tarjimalari

BIR SEN UChUN

Urildimda,
Urindimda, ozaydim,
Ulg‘aydimda,
Yuragimdan tozardim.
U shiddatkor
Daryolardek to‘kilib,
Uymalandim,
Ich-ichimdan yashardim.

Sindim, bitdim,
Oqsoqlab yurdim,
Mish-mish ichra
Muzday eridim.
Lek, Vatanni
Yoshligimday ardoqlab,
Safarlarda
Tovon bo‘lib yaradim.

Ozod bo‘lding,
Beshikdoshim, jigarim.
Tiriklikdan
Bo‘lmas endi qaytarim.
Bir qaro kun
Maqsadingdan qaytmasang,
Bir sen uchun,
Oqsa mayli, qonlarim.

DOIM

Seni doim omon ko‘rsam deyman, men,
Boyagidek hilpiragan ro‘molda.
So‘zlay deyman, o‘nglolmayman so‘zimni,
Bemorga so‘z topmoq qiyin bu holda.

Yoz kechikmay kelar degan umid bor,
Uchrashamiz eng birinchi tor bilan,
Ko‘ksimizda ancha-muncha tilak bor,
Bosmoq uchun uni nomus, or bilan.

KO‘RGILIK

O‘rnin buzib ketgan ekan tosh qulab,
Ko‘z ochibdi o‘shal yerdan oq buloq,
O‘rni to‘lmas dunyodayin ko‘rinib,
Tumraygancha qolar yo‘lda har botqoq.

Bulut to‘xtab, tuman to‘xtab, kech tushib,
Ular endi kelmay qolgan ko‘rinar.
Oq qayinni yig‘ishtirib tokchaga,
Yaxshilikdan yomonliklar ko‘p bo‘lar.

Qaysi elning ayollari beparvo,
Momolarning etagidan tutmasa.
O‘shal elning eriga qo‘ygin aybni,
Bu musibat jon-joningga o‘tmasdan.

Qirg‘iz tilidan Shahriyor tarjimasi