Kanishay Abdibaliyeva (Abdыbaliyeva Kanыshay) – 1957 yilda tug‘ilgan. Pedagogika fanlari nomzodi. Qozon universitetining fizika fakultetini bitirgan. “Ko‘payish” kitobi, “Jonzirak” she’riy to‘plami nashr etilgan.
***
Qanot qoqqan baxtning qushiday
Xayolimni boshqaga burmay.
Qiziq o‘ylar ichra gul terdim,
Qizg‘aldoqlar yongan tandirday.
Xavotirda ko‘ngil yozilmas,
Sovuq qotgan elat qishiday.
Sog‘inchlarda o‘tgan tunlarni,
Xotirlayman men ana shunday.
***
Onaning sutidek pokiza
Bo‘lgan qalb hamisha yuksakda.
Shodlikka burkangan dargohda,
Tug‘ilar norasda go‘daklar.
Fe’lingda bo‘lsa gap yorug‘lik,
Birlashgan jonlarni tamshatib,
Yaralur, ishongin, daholar,
Uyg‘onur hech yo‘qsa sham yoqib.
Yuraging baquvvat, salomat,
Yoshlikni maqsadga tukkanda,
Joningga oziqdir o‘ylamoq,
Ne yetsin donishmand tuqqanga.
Qirg‘iz tilidan Shahriyor tarjimasi