Zulfiya Yoqub (Zülfiyyə Yaqub) 1980 yili Ozarboyjonning Toshkesgan tumanida tug‘ilgan. She’rlari turli vaqtli matbuot sahifalarida chop etilgan. “Suvning bir tomchi yuragi” nomli kitobi bilan tanilgan.
* * *
Ochsam edim sirlarimni,
Na el qolar, na iz qolar, na so‘zlar…
Zulmatga tikilgan ko‘zlar,
Kiyinib darvish libosini kalima yukini sezmasdi,
Bir yo‘lovchi yo‘lini poylar.
Orzularim na afsona,
Na qo‘rqivga doxildir.
Bir hovuch umid yiqqanim,
U ham uchmadi ko‘klarga,
Er yuziga sochildi.
Zamon keldi, va’da yetdi,
Ochildi qirqinchi eshigi.
Hamma ko‘rdi, dunyo bo‘shdir,
Kelganlar ham qarab ketdi.
Bir san bording, bir men yo‘qman.
Bu ahvol ham shunday bitdi…
Er olti dunyo kimidir,
Ko‘kning ko‘rinmas tarafi.
Tugun, tugun ochiladi,
Go‘zallikda so‘z kelishi.
Dohiylarning devonida
Yotarming qiziq olam.
Uyg‘otmoqqa kuchim yetmas,
Haqdan yetib kelmas va’dam.
Jahonning ziynati inson,
Dafn bo‘lgan xazinadir.
Bo‘lmagay tirila olsam,
Anglar edim sirim nadir.
Qani uzun tayoq amaki,
Qanitosh- kesakli yo‘llar?
Ruhimning darvish tarafi,
Kel ol, meni mendanayir!
Sen ko‘k deyursan ko‘rmayin,
Er oldidasan, bilmayin?
O‘zimdasan – so‘zimdasan,
Ochilmagan ko‘zimdasan…
Hali ko‘p uzoq kelmog‘im?
* * *
Onam meni — qizin tug‘di,
Men tushimda askar bo‘ldim…
Har kecha o‘sha sahnalar,
Har kecha o‘sha uyqular.
Yo‘limdan ham chekinmayman,
Na ko‘nglimda qo‘rquv bor.
Onam meni – qiz deb tug‘di,
Tushimda bayroq bo‘laman.
Sanchilib vatan ko‘ksiga,
Dolg‘alanib uchodirman.
Shahid qoniga bo‘yalib,
Zafarimdan kuch olaman.
Onam meni – qizin tuqqan,
Tushimda tuproq bo‘laman.
Hovuch – hovuch to‘kilaman.
Murovtog‘dan Shohtog‘iga.
Tog‘- tog‘ bo‘lib, cho‘l- cho‘l bo‘lib,
Vatan bo‘lib yuz tutaman.
Qorabog‘dan Yerevanga,
Kelgan uyquning birida,
Bir bor shahid bo‘la olsam,
Bir bor shahid bo‘la olsam.
Uyg‘otmamani, ey ona!
* * *
Kapalak qanotlarida,
Qirq nargizman, qirq binafsha.
Qirq qizli eshikdan o‘tib,
Talashardim bir ko‘rishga.
Deydilar, yulduzim bor,
Menga mengzar, o‘z yosh edim.
Ko‘klar tangrilashgan kundan,
Sirimni qo‘lda toshidim.
Yomg‘ir, qor, do‘lni shaklida,
Bulut hovchimga to‘kilur.
Qalbimning ichida bo‘lgan,
Jismimda ruhim, kuch olur.
Na shoshaman, na oshiqar,
Alla sasi, kuysasiman.
Tangrining so‘zki tobida,
Bitta she’r bandasiman.
Dilafro‘z Akram qizi tarjimasi