Xuromon Jamol qizi (1959)

Xuromon Jamol qizi (Xuraman Camalqızı) 1959 yil Qorabog‘ o‘lkasining Lochin rayoni Alxasli qishlog‘ida tug‘ilgan. She’rlari gazeta va jurnallarda chop etilgan. Turkiyada nashr etilgan Yevrosiyo antalogiyasida, “Qorabog‘noma” almanaxida she’rlari chop etilgan. “Qizil qalam” media mukofoti sovrindori.

QORABOG‘LIKMIZ

Izning borki ona tuproq tuzarsan,
Bir butunsan o‘g‘illarga o‘zing san,
Qo‘rar yering avayla san, asra san,
Bu vatanga, bu tuproqqa bog‘liqmiz,
Bugun biz hammamiz Qorabog‘likmiz.

Qorabog‘da elga og‘ir bilursan,
Shevasi ko‘p shirin tildir bilursan,
To‘fon, to‘polondir, seldir bilursan,
Uchar tog‘lar kabi shan yuqorilikmiz,
Bugun biz hammamiz Qorabog‘likmiz.

Dardimiz yo‘q Qorabog‘dir dardimiz,
Yo‘l poylaydi shaharimiz, kentimiz,
Har tovushni bilmak edi pandimiz,
Bari oraliqmiz, bari tog‘likmiz,
Bugun biz hammamiz Qorabog‘likmiz.

Bayotlar aytishsak shirin til bilan,
Tillashib bo‘larmi g‘amli yel bilan,
Qanday qo‘l beraylik torli qo‘l bilan,
Dada Qo‘rqut sotgan tog‘ tanholikmiz,
Bugun biz hammamiz Qorabog‘likmiz!

Jamol qizi, g‘amlaringdan do‘nma san,
Vatan ishqin olovlantir so‘nma san,
Yasha, yarat, g‘amli elda o‘lma san,
Necha yilki, yurtimizdan ayriqmiz,
Bugun biz hammamiz Qorabog‘likmiz!

Dilbar Haydarova tarjimasi