Xalil Rizo (1932-1994)

Xalil Rizo Uluturk (Xəlil Rza Ulutürk) Ozarboyjon xalq shoiri, atoqli millatparvar shoir, mohir tarjimon, Ozarboyjon-o‘zbsk adabiy aloqalariga ulkan hissa qo‘shgan olim. Salyan tumanida tug‘ilgan, o‘rta maktabni, so‘ngra Boku Davlat universiteti filologiya fakultetini bitirgan (1954).
Matbuotda ishlagan, Moskvadagi Jahon adabiyoti instituti oliy kursida o‘qigan; Bokuda aspiranturani bitirgan, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan, institutda dars bergan, ko‘p yillar Ozarboyjon FA Nizomiy nomidagi Adabiyot institutida xizmat qilgan. M. Shayxzoda ijodi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi yoqltagan (1985).
Jahon adabiyoti namunalarini Ozarboyjon tiliga tarjima qilgan. Jumladan, juda ko‘p o‘zbek shoirlari asarlarini Ozarboyjonchaga o‘girgan, ulardan ayrimlari “Turon chalangi” (“Turon guldastasi”) kitobidan o‘rin olgan.
X. Rizo ijodining uch qanoti bor: she’r, ilm, tarjima. U bu uch sohada o‘z yo‘lini ochgan, o‘ziga xos maktab yaratgan ijodkor.
Ilk she’ri 1948 yilda bosilgan. O‘z davrida shov-shuv yaratgan, sevib o‘qilgan va o‘qilayotgan yigirmadan ortiq she’riy kitoblari bor; “Bahor kelur” (1957), “Sevgan ko‘zlar” (1959), “Muhabbat dostoni” (1961), “Buyuklik” (1973), “Tabiiylik” (1977), “Seni topurman” (1980), “Umrdan uzun kechalar” (1982), “Dunyo qayga ketmoqda” (1983), “Vatan mendan boshlanar” (1988), “Davom etar 37” (1992), “Oy va quyosh orasida” (1992), “Qahramon Tabriz” (1994), “Turon chalangi” (1994), “Men Sharqman” (1994), “Alvido, Vatan” (1996), “Lefertovo qamog‘ida” (1998) va boshqalar.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, vatanparvarlik, millatparvarlik mavzusida ijod qilgan shoirlar orasida u alohida ajralib turadi.
X. Rizo nodir ijodkor edi: u shoir sifatida dong qozongani qatorida, so‘zi va ishi bir bo‘lgan, temir prodali, chin millatparvar, qahramon shaxsdir. Ozarboyjon istiqloli uchun 60-yillardan boshlab so‘z bayrog‘ini yuksaltirib maydonga tushgan va umrining oxirigacha maydondan chiqmagan, egilmagan, sinmagan mag‘rur shoir edi. 1990 yil yanvarda qizil imperiya tomonidan qamoqqa olinib, Lefortovo turmasida 22 oy saqlangan, jamoatchilik tazyiqi ostida ozod qilingan. 1994 yil 22 iyunda Bokuda vafot etgan.

NIZOMIY

Karvonning bir uchi Leningradda,
Bir uchi Ganjada, biri sarhadda.
G‘arbu Sharq, hattoki falak, albatta
Joylashur sen kabi dilga, Nizomiy.

Etti iqlim oqar Vataning tomon,
Yulduzlar ham boqar Vataning tomon,
Necha asrlarga obro‘san shoyon,
Peshvosan, shuhratsan elga, Nizomiy.

Qo‘noqlar tushmoqda qizil qatordan,
Qo‘llarida chechak necha gulzordan,
Gar boshing ko‘tarsang marmar mozordan
Ko‘rarding el mengzar selga, Nizomiy.

Ko‘rdim bir o‘zbekni, ixlosmand o‘g‘lon,
Boshida do‘ppi-yu egnida chopon.
Sening mehrobingga yetishgan zamon
Tushdi yalangoyoq yo‘lga, Nizomiy.

Tavallud topgansan Ganjabosarda,
Noming jahon kezar, xoking mozorda.
Bashar durdonasi o‘lmas asarda
So‘nmas hayot berding cho‘lga, Nizomiy.

Senga sig‘inuvchi bir menmi tanho,
Faqat Moskva-yu Bokumikan yo!
Boshingga koinot sochmoqda ziyo,
Aylanding gulshanda gulga, Nizomiy.

Zamon hech ayladi tojdorlarni,
Yuvuqsiz podsho-yu hukmdorlarni
Va lekin Sen kabi san’atkorlarni
Shoh etdi Mug‘onu Milga, Nizomiy.

Sakkiz asr sening poyingda yotar
Sirlar xazinasi sohir bir asar.
Fuzuliy shaklida qaytding bir safar
Onang alla aytgan tilga, Nizomiy.

YuRTIM UChUN

Bir majlisda unutildim.
May ichdilar har kelganning sog‘ligiga,
Har ketganning sog‘ligiga.
May ichdilar
Sohiliga bizlar qo‘ngan
Moviy ko‘lning sog‘ligiga.
May keltirgan sho‘x go‘zalning sog‘ligiga,
Gulshandagi qizil gulning sog‘ligiga,
Xush qadamli oyning, yilning sog‘ligiga.
May ichdilar…
Pichirladim o‘z-o‘zimga
Ey do‘st, sening sog‘ligingga!
To‘rtta ummon qurshab olgan
Buyuk elning sog‘ligiga,
Sovolonu Qo‘chqor kabi
Yuksak tog‘lar sog‘ligiga,
Boqqaningda havas qo‘zg‘ar
Sochi oqlar sog‘ligiga.
Qttiz yillik kurashlarda
Bir asrlik yo‘l kechding sen,
Lekin ortga qaytganing yo‘q.
Birovlarga qul bo‘lmading,
Quldek qulliq aytganing yo‘q.
Bosa-bosa labimga bu piyolani,
Ichaman ol shalolani
Ey do‘st, sening sog‘ligingga.
Sen shundayin burgutsanki,
Uchmog‘ing bor, qo‘nmog‘ing yo‘q.
Sen shundayin o‘choqsanki,
Yonmog‘ing bor, so‘nmog‘ing yo‘q.
Sen shundayin yo‘lchisanki,
Maslagingdan qaytmog‘ing yo‘q.
Birovlarning shavkatini
Ko‘rib uzr aytmog‘ing yo‘q…
Kechirsinlar do‘stlar meni,
May to‘la bu piyolani
Ichdim sening sog‘ligingga,
Yurtim, sening sog‘ligingga.

Abdulla Oripov tarjimasi

NIZOMIY GANJAVIY, AVF AYLA MENI

Ovga chiqqan shohlarning qo‘liga qo‘nib, yayrab,
Lochin jim turgani-chun kaklik etin yer ekan.
Gulg‘uncha hasratida qonli yosh to‘kib, sayrab,
Bulbul jim turmas ekan, ko‘ksini teshib tikan…
                                                         Nizomiy

“Sirlar xazinasi”ni o‘girarkanman, bir dam,
So‘z shu yerga yetganda, qalamimni to‘xtatdim.
Dohiylar-la aytishmoq bir oz og‘ir bo‘lsa ham,
Ichimda ne bor, so‘ylay, avf et, buyuk ustodim!

Menga lochin bo‘lmoqlik, kaklik to‘shi na kerak,
Ovchi shohlar qo‘lida tarlonlik emas havas.
Go‘zallikni ko‘rganda, jim turmagay bu yurak,
Olchoqlikni ko‘rib-da, tek turgan inson emas.

Yaxshiyamki, hech zamon nafratim yashirmadim,
Muhabbatim jo‘shganda, daryo bo‘lib qaynadim.
Ilonfe’l, tulkife’llar qoshida tek turmadim,
Qo‘ymadim toptamoqqa, so‘z o‘qim-la siyladim.

Jim turganlar, qo‘yaver, topsin shuhrat, siymu zar,
Bom-boshqadir ko‘nglimning intizomi, nizomi.
Pastkashlikni ko‘rganda turolsaydi jim agar,
Na “Xamsa” yaralardi, na-da dohiy Nizomiy.

YaXShIYaMKI

Ko‘kda bulut quyuqlashib, quyun turgach,
Erda inson bir-birini urib-surgach,
Och tuproqqa pok, gunohsiz bola qoni to‘kilganda,
Puch shiorlar yirtilganda, chok-chokidan so‘kilganda,
Ikkiyuzli notiqlarga hech kim quloq solmaganda,
Ganja, Boku darra, o‘qdan qo‘rqmay, taslim bo‘lmaganda,
Sumgaitda derazalar sinib, qonga bulanganda,
Vijdonsizlar, yuraksizlar vijdon, yurak tilanganda,
O‘t purkagan og‘izlarni hech kim yuma olmaganda,
Haftalarcha uyqusizlar bir marta ham kulmaganda,
Oq bayroqlar kamandiga Shusha shahri band tushganda,
Oqtom yalang qo‘llar bilan solishganda, tuyishganda,
Bir un keldi yuragimdan:
– Yaxshiyamki Turkiya bor!
Har bir toshi, har qoyasi temirlashgan buyuk diyor!

Yaxshiyamki, bu dunyoda Istanbul bor, Anqara bor,
Yaxshiyamki, ko‘ksimizning Turk atalgan shunqori bor,
Yaxshiyamki, Ozarboyjon turklari bor,
Yaxshiyamki, O‘zbekiston turklari bor!

Yaxshiyamki, Qozog‘iston , Qirg‘iziston turklari bor,
Turkmaniston, Boshqirdiston, Tatariston turklari bor,
Yaxshiyamki, Oltoy, Sibir, Uyg‘uriston turklari bor!
Bo‘lib-bo‘lib tashlansa-da, o‘zgarsa-da qavmu nomi,
Ruhi, qoni o‘zgarmagan Bulg‘oriston turklari bor!

Nasimiyga ko‘kdan ingan bir sas bergan,
Fuzuliyga ming yil yashar nafas bergan Parvardigor.
Yaxshiyamki, Karkuk, Iroq turklari bor,
Bag‘dod, Halab turklari bor!

Tayanch tug‘im, bayrog‘imdir, borlig‘imdir turkligimiz,
Jasur, sodda turkligimiz,
Axloqi pok favqulodda turkligimiz.
Yaxshiki, Yer kurrasi bor,
Unga hayot bergan oliy bir quvvat bor,
Savalandan ancha qari,
Everestdan ancha yuksak layoqat bor.

Yaxshiyamki, Alpomish bor, Go‘ro‘g‘li bor,
“G‘arb ham, Sharq ham menman!” degan turk o‘g‘li bor.

Jonim, ko‘zim Xalil Rizo!
Tug‘ildingki, yashaydirsan turk so‘zidan nafas olib,
Insonlikning siynasidan to‘yinaroq mardu g‘olib.

Sen kattasan,
Ammo kichik – umid shami lipillagan
Juda kichik uluslar bor,
Udin, nanay, lazgin, nen bor — til barqaror,
Bordir tuva, xakas, chuvash, yoqut, no‘g‘ay,
Gagauzlar — ko‘ko‘g‘uzlar, qo‘miqlaru do‘st qorachoy!
… Uzoqlarda chukcha yashar, makoni qor, oq bichimda,
Ko‘zi O‘tlar diyorida, o‘zi qat-qat muz ichida.
U – kichik xalq.

Turk bo‘lsang, qalq!
Yot dodiga
Botganlarning,
Jon ko‘zini javdiratib yotganlarning!

Turk nomiga loyiq kimdir?
Hayqir, bilsin har bevatan,
Turkdir —
O‘zi mahbus bo‘lib, o‘zgalarni xalos etgan!
1988 yil

TURK SO‘ZIDAN QO‘RQQAN GADO

G‘alati bir fe’ling bor:
Turk so‘zin eshitsang, bas, shart o‘rningdan turasan,
Ovsarlanib, so‘zingni boshqa yoqqa burasan.

Jiyanim ismi — Turkel,
Yashar qishlog‘im — Turkan,
She’rimda ko‘rsang, darhol o‘chirarsan, buzarsan,
Yo Mardakan yozarsan,
Yo Shavalan yozarsan, toki Turkan bo‘lmasin.

Ichingda g‘o‘ldiraysan,
Boladay mo‘ltiraysan,
Ba’zan oshkora deysan: “Qardosh, “Turkan” bo‘lmasin…”

“Qardosh” so‘zini hech dam
Tilga olma, ey gado!
So‘zdan qo‘rqqan odamdan qardosh bo‘lmas dunyoda
Yaqinga ham, yotga ham.

Bu jahonda ming turli qo‘rqoqlarni ko‘rdim men:
O‘tdan, suvdan, dengizdan, ilondan qo‘rqqanlar bor,
Jin, ajina, xayoliy hayvondan qo‘rqqanlar bor.
Ammo so‘zdan qo‘rqqanni dunyoda ko‘ribdi kim?
— Yo‘q, bu oddiy so‘zmas, — der. — Turk so‘zidir bu, jonim!

Bas, tanidim men seni – vijdonsiz, bir mayitsan!
O‘ttiz yettinchi yildan qolgan dumsan, bir xiltsan!
Qaysi yil tug‘ilgansan? Qirqinchimi?
Farqi yo‘q?!
Haqqi yo‘q, tug‘ildim deb aytsa elning qo‘rqog‘i!
Bordir har jinoyatda qo‘rqoq qo‘li, barmog‘i!..

Sendayin kimsalarni supurmasak jahondan,
Insonlar boshi chiqmas zulm ila qirg‘in-qondan!

Senga xitob etmoqni or bilsam-da o‘zimga,
Biroq gap boshlab qo‘ydim, quloq bergil so‘zimga:
Harholda, sendan ko‘ra besh-olti yosh ulug‘man,
Erdagi buyuk daryo — Nilga o‘xshagan turkman!

Ozarboyjon turkiman, turk irqining butog‘i,
Ko‘ksimda eralarning buloqlari — qaynog‘i!

Erning muz qatlamlarin eritgan qudrat menman,
Tosh davrini yashagan, tunj davrini yashagan,
Temir davrida po‘lat eritgan hikmat menman!

Ovruponi uyg‘otdi Atillaning qilichi.
U qilichni Fuzuliy qalamiga evirgan
Jur’at, layoqat menman!

Raketlarning onasi – aravani kashf etgan,
Bir necha uluslarga –
Yunonlarga, ruslarga,
Laxlarga, olmonlarga,
Chexlarga, tunguslarga
Ming-ming so‘zni baxsh etgan bashar otasi Turkman!

Quloq sol, ey aqli kam:
Mendan boshlanar tarix.
Tarix kabi bilginman ham tarix kabi qari.
Turkman, necha millatga o‘z qonimni berganman,
Dengizlar yuragimda, ummonimni berganman!

Borib ko‘r Kamchatkani, kezib boq Alyaskani,
Amerika egasin so‘r – u yerda bor ildizim.
Tillarini solishtir,
O‘sha qadim hindular o‘z bolamdir, o‘z ko‘zim!

Men so‘qmoqmas, tarixning kahkashoniy yo‘liman,
Qo‘rqut ota, Alpomish, Manasman, Go‘ro‘g‘liman!

She’ru ilmu rubobning ilk bahor nasimi — men,
Turkistonda Farobiy, Iroqda Nasimiy — men!
Bir qanotim — Navoiy, birisi Yunus Emra,
O‘rgan — qaysi maqomda ingandim ko‘kdan yerga.

Necha millatning sochi qo‘llarim-la tarandi,
Iyoxan, Ivan so‘zi
Bizning “xan”dan yarandi.
Ulug‘ — Oleg qarindosh, Ug‘ur — Igor bo‘lgandir,
Bular jumboq, chistonmas, tarix osha kelgandir.

Edil, Irtish, Yenisey, Qizilirmoq — qo‘llarim,
Erning shoh tomiridir jangu kurash yullarim,
Yo‘q, begona bo‘lmadim men ham xayr ila sharrga,
Men “chelovek” so‘zini baxsh ayladim basharga.

Sen puch yo‘lda ozg‘unsan.
Turkka qarshi qo‘yilgan josuslarni ko‘p ko‘rdim.
Chirkinlikdan tozarib,
Yomonliklardan tonmish,
O‘zi turkka aylanmish.

Turkman.
Bitta to‘lqinman – dengiz ichra buyukman,
Sen kimsan?
Bor, onangdan so‘rab bil kimligingni.
1986 yil

MEN YaNA QAYTURMAN OZARBAYJONGA

Bu yerda havo oz… Havo istayman –
Hazar dengizining o‘ziday bo‘lsin!
Bunda samosizman, samo istayman –
Quyoshning olamga so‘ziday bo‘lsin,
Hazar dengizining o‘ziday bo‘lsin!

Uzing zanjirlarni bilaklarimdan,
Buzing qulflarni tilaklarimdan,
Tushiring zindonni kuraklarimdan!
Xayr deb sovuq tun – qo‘llari qonga,
Yo‘l olay jonajon Ozarbayjonga!

Faqat onam, singlim, qondoshimmas, bil,
Vatanim – abadiy saodatimdir!
Ming-ming farzandidan biridir Xalil,
Vatansiz ikki bor, uch bor yetimdir,
Vatanim – abadiy saodatimdir!

Har soyi, irmog‘i – tovshim, nafasim,
Har toshi badaldir la’lu marjonga.
Mayli, choping, kesing!.. Men kesim-kesim
Bo‘lsam-da, yetsam bas Ozarbayjonga!
Har toshi badaldir la’lu marjonga.

Mutloq shart qaytishim ota makonga,
Bir oz kuchli bo‘lib, bir oz-da metin.
Kur, Oraz nahriday bog‘liqman unga,
Joniman, bag‘riman – shudir davlatim,
Bir oz qudratliman, bir oz-da metin.

Buzing zindonlarni, ochilsin butun!
Men shu kun qaytayin Ozarbayjonga,
Kahkashon bo‘layin, porlayin bu tun,
Yuzimdan nur yog‘sin Milga, Mug‘onga,
Men shu kun qaytayin Ozarbayjonga.

Oqsoqolman, yurtim, sen – yosh onamsan,
Boladay bag‘ringga joylanay bu kun,
Oyna Ko‘kko‘limsan, Moralginamsan,
Men oyning nuriga aylanay bu kun,
Boladay bag‘ringga joylanay bu kun.

Ozarbayjon yashar shu ko‘zlarimda.
Mening qaytishim-la u yuksalajak.
Qo‘shinlar kelajak haq so‘zlarimda,
Yurtimga kuch, ishonch, qudrat kelajak,
Mening kelishim-la u yuksalajak.

Zumrad yomg‘iringga, oq tumaningga,
O‘ranib-buranib kelajakman men;
Tik, oyoq ustida kela olmasam,
Yiqilib-surinib kelajakman men;

Nafasim uzilsa… Yuzimni surtib,
Tog‘ingdan, toshingdan quvvat olurman;
Uzilsa qo‘llarim… tishim-la tutib,
Yog‘iyga so‘ng bora qilich solurman,
Tog‘ingdan, toshingdan quvvat olurman.

Yo‘limga necha ming Azroil chiqsa,
Umrimni mozor-la bo‘la olmasman;
Angla, ey imonsiz:
Ozarbayjonsiz –
Men yashay olmasman, o‘la olmasman.

Men Ozarbayjonga kelurman qaytib,
Shoningni kuylarman, olqish degayman;
Achchiq tutuningni bol kabi yutib,
O‘tingni qaymoqday suyub yegayman;
Shoningni kuylarman, olqish degayman.

Yarali bir burgut bo‘lsam-da magar,
Bir qanot bilan ham ucharman, inon.
Darbanddan Salyonga, Zanjonga qadar –
Barin yetmish qo‘l-la qucharman, inon,
Bir qanot bilan ham ucharman, inon.

Ko‘taring bu og‘ir toshni ustumdan,
Ko‘kko‘ldan suv seping bu yonar jonga,
Balki ming yillarning boshi ustundan
Men qaytib kelurman Ozarbayjonga,
Ko‘kko‘ldan sev seping bu yonar jonga.

Keling, ey nafasim, ey qardoshlarim,
Malul-malul boqqan orqadoshlarim,
Yoqadir olamni bu ko‘zyoshlarim,
Siz meni qaytaring Ozarbayjonga…
Qarab shu quyoshga ont ichayinki,
O‘tmishman, bugunman, kelajakman men.
Qolmas hech shoirning yo‘li bog‘lanib,
Otib yelkamdagi temir tog‘larni,
O‘zim Vatanimga kelajakman men,
O‘tmishman, bugunman, kelajakman men.

Bag‘rimga bosurman seni, ey elim,
Meni visol kuni – u kun yashatur.
Ko‘zimdan bir tomchi yosh oqsa, biling,
Demak, ozod bo‘lgan kunim o‘shadur,
Meni visol kuni – u kun yashatur!..

Ozarbayjon tilidan Tohir Qahhor tarjimasi

OZARBAYJON TURKIMAN,

bu suyun shoh butog‘i,
Qancha- qancha eraning ko‘ksimdadir qaynog‘i.
Asrlarning qatini eritguvchi kuchiman,
Tosh davrini yashagan tinch,
Temir davrida po‘lat erg‘tgan qudrat menman.
Evropani uyg‘otgan Atillaning qilichi,
U qilichni Fuzuliy qalamiga chevirgan,
Jur’at,layoqat menman.
Raketaning onasg‘ aravani kashf etgan,
Ne qancha uluslarga: yunonlarga,ruslarga,
Tunqushlarga,lehlarga,olmonlarga,chexlarga,
Ming-ming so‘zni baxsh etgan bashar otasi Turkman!
Quloq tut,ey aqli kam:
Mendan boshlanur tarix,
Tarix qadar xo‘jaman,tarix kabi mudrikman.

Turkman,necha millatga o‘z qonimni bermisham,
Dengizlat botinimda,ummonimni bermisham.
Ket do‘ldir Kamchatkani,
Alyaskaga ketgin yot,
Amriqoga kamon ot,unda orzum bor mening.
Tillarini qorishtir,
O‘z tug‘macha bolamdi qadim hindilar maning.

Men chig‘ir yo‘q,tarixnino kahkashonlik yo‘liman,
Dada Qo‘rqut , Alpomish,
Manasman , Go‘ro‘g‘liman.
She’ru-ilmnino,rubobning,
Iroqda Nasimiyman.
Bir qanotim Navoiy,u biri Yunus Emto,
O‘rgan,qaysi maqomda endim samodan yerga.

Qancha millat nino sochi qo‘llarimda taraldi,
Lohan,ivan so‘zlari
Bizning “xon”dan yaraldi.
Ulug‘-Oleg qardoshdir,bosh Ugur- igor qanday?
Bular na topqirdir,na afsun
ni bilmasa.

Volga- Irtish,Enisey,Qizil irmoq-qo‘llarim,
Erzun shoh tomiridir mening
tuygan yo‘llarim.
Yo‘q,begona qolmadim na xayrga,na chora,
Men “chelovek” so‘zini bahs ayladim basharga.

Suqilmagin bo‘sh yerga,
Turkka qarshi tuslanmish josuslar ko‘rmisham men,
Hushsizlikdan tirildi,
O‘rganarkan ayrilib o‘zi Turkka burildi.
TURKMAN!
Bunga hayotim yetar dengiz yelkani,
Sen ket onangdan o‘rgan kimdan qozondim sani?!

HAYoT TUShUNChALARI

SEN yaxshi bilma ki,ko‘chganim zamon,
Dunyodan bir yo‘la ko‘chadurman men.
Bir da’fa bo‘lguncha balki ming da’fa,
G‘aflatni bosib o‘tadurman men!

Bir kun o‘z yoningda ko‘rmasang mani,
Chiq yashil bog‘larga,qushlarni tingla.
Okean qudrati,Oraz nahrini,
Saqlamoq istagan toshlatni tingla!

Tingla bulutlarni,bulutlardaman!
Yuraklardan so‘ra,yurmklardaman!
Butun yulduzlatda,butun soylarda,
Butun gullardaman,chechaklardaman.

Buluti chaqmoqda parchalaniboq,
Zulmatni nur bilar bo‘g‘adirman men.
Qalbda yulduz kabi botsam,Sharqqa boq!
Sharqdan Quyosh kabi tug‘ilaman man!

Qanotlanadurman sening yoningga,
Qushday uchayotgan ilk bahor bilan,
Savalan tog‘ining cho‘qqilaridan,
G‘arbga- Sharqqa dushgan shu’lalar bilan!

O‘tib- botmoq uchun shu’lalanaman.
O‘tmishman!! Bu kunman! Kelajakman man!
Bir kun bu dunyodan ketsam ham ne g‘am,
Dunyoga qaytadan kelajakman men!

EShITSAM KELURSAN

Eshitsam kelursan, aylanib yelga,
O‘paman muborak qadamlaringni.
Ichaman shu uzun kipriklaringdan,
Osilgan marvarid shabnamlarini.
O‘paman muborak qadamlaringni.

Eshitsam kelursan, uchaman, inon,
Ko‘kdagi bulut-la, quchoqlashaman.
Ochaman ko‘ksimni yetti iqlimga,
Dalli soylar kabi oshib – toshaman,
Oppoq bulutlar-la quchoqlashaman.

Shunday bir gulsanki, umr bog‘imda,
Sani nafasim – la, boshlayotgan man,
G‘uncha bog‘lovchisan ko‘z, qabog‘imda,
Sani jon joningdan saslayotgan man,
Sani nafasim-la boshlayotgan men.

Eshitsam kelarsan, chiqaman yo‘lga,
Kelar yo‘llaringga gullar ekaman,
Ikkimiz bir qalbda yashaymiz deya,
Sanga qalbim bo‘yida uy tikaman,
Kelar yo‘llaringga gullar ekaman.

Men uyman, san maning o‘t – o‘chog‘imsan,
Bog‘bonman, sen mening borliq bog‘imsan,
Man tog‘ bo‘ladirman, san buloqli tog‘,
Dunyoda eng katta umid chog‘imsan.

Yuragim u qadar, chappar urdi ki,
Bir damda qanotli bir qush bo‘laman,
Saning qanotlaring bo‘lmoqlik uchun,
Yomg‘irga, zumradga, tosh- qoshga do‘nay,
Qanotlari ko‘rkam bir qushga do‘nay.

Shodlanib bahor bo‘l, shu qatorda kel!
Har bir qadamingni ko‘nglim izlaydi.
Yuz – yuz, miliyon, miliyon dolg‘alar-la, kel!
Sani sohilda bir qoya ko‘zlaydi,
Har bir qadamingni ko‘nglim izlaydi.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi