Sudoba Yerevanli (Südabə İrəvanlı) 1962 yil 7 yanvarda Armanistonning Kalinino tumanida tug‘ilgan. “Oshiq pari injalari” klubi ishtirokchisi. Qator kitoblari chop etilgan. Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi a’zosi. “Qizil qalam” mukofoti sovrindori.
TOG‘LAR
Yuragimda qancha dardim,
Oldi qator -qator tog‘lar.
Ko‘z yoshimga yuvilmasin,
Ahim seni tutr tog‘lar.
So‘ldirib ishqning bog‘ini,
Ketib bermay so‘rog‘ini.
Siynamdagi bor dog‘ini,
Yuragimdan yulgin tog‘lar.
Fvrhod umri bitgan yerga,
Mvjnun ketib yetgan yerga.
Xon Karami o‘tgan yerga,
Obor mani, obor tog‘lar.
Sudobaman, bu chog‘ingda,
Yondim hasrat o‘chog‘ida.
O‘ksik ko‘nglim quchog‘ida,
O‘sib yotar baland tog‘lar.
KET
San manga zulm aylading, ohim arshga yetdi ket,
Dardan pinhon yig‘ladim, endi holim yomondir, ket.
Chorasiz xastang bo‘ldim, boqmading ahvolima,
Do‘nma kel bir dam kel, ko‘zimda yosh ummondir ket.
Talandi ko‘ngil uyi, so‘libdi gulshanim tamom,
Botib ishqing dunyosi, bog‘-bo‘stonim xazondir, ket.
Ey, endi beparvoyim, ag‘yorni kuldirding manga,
Dil uyim vayron endi, dunyo menga qorong‘i, ket.
Kechalar shubha kabi oh chekaman, ingragayman,
U taro qizi sani mast etgan na zamondir, ket.
San ketgan kun o‘lmisham, ishqingga mozordir siynam,
Sudobaning ko‘z yoshi yanog‘inda giryondir, ket.
Dilbar Haydarova tarjimasi