Ramiz Mammadzoda (1937-2017)

Mammadov Ramiz Yoqub o‘g‘li (Ramiz Məmmədzadə) 1937 yilda Ag‘dam shahrida tug‘ilgan. 1958 yilda Boku temiryo‘l maktabini tamomlab, Ozarbayjon Pedagogika institutida tahsilini davom ettirgan. Apsheron tumanida maktab o‘qituvchisi, yoshlar va jamoat tashkilotlarida, Siyosiy maorif uyida turli vazifalarda ishlagan. 1993 yildan Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasida referent bo‘lib ishlamoqda.
Ilk she’ri 1960 yilda “Boku” gazetasida bosilgan. Bir necha kitoblar muallifi. Yozuvchilar uyushmasining a’zosi.

KAShF

Olimlar samoga boqar beorom,
Noyob sayyoralar vasliga
mushtoq.
Olis galaktika yulduzlari ham
Sirlarin ochmoqda, bo‘lib
yaqinroq.
Men esa kashf etdim bir seni
tanho,
Axir shu emasmi eng buyuk
zafar?!
Barcha yulduzlardan yaqin,
serziyo —
Eng noyob sayyora o‘zingsan,
dilbar.

MENDA BIR YuLDUZ DARDI

Sen o‘rmon istagaysan,
Menga bitta chinor bas.
Sen dengiz istagaysan,
Bir buloq menga havas.
Sen kahkashon ishqida,
Menda bir yulduz dardi.
Kezaman, axtaraman,
Kiprikda yo‘llar gardi…

Nosir Muhammad tarjimasi