Qasham Nasafzoda (1959)

Qasham Nasafzoda (Qəşəm Nəcəfzadə) 1959 yilda Ozarbayjonning Imishli mintaqasida tug‘ilgan. Ta’lim fakultetini tamomlagan. Tafakkur universitetida katta muallim vazifasida ishlagan. “Ozarbayjon” jurnalining she’riyat bo‘limini boshqargan. Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining Boshqaruv hay’ati a’zosi, Bolalar adabiyoti sektsiyasining rahbari bo‘lgan.
“Sevgining so‘ngini so‘ylamang menga”, “Uxlayotgan dengiz rasmi”, “Bir kelin dolga bilan yonma-yon”, “Sevishni istayman yangidan”, “Kulimsagan daraxt”, “She’rimning dastasi”, “Seni eslaganimda”, “Alvido, dunyoga kelgunga qadar” kabi va boshqa kitoblari nashr etilgan. She’rlari rus, ingliz, frantsuz, golland, turk va boshqa yigirmadan ortiqtillarga tarjima qilingan.
2004 yilda Madridda “Xalqaro Qizil Priz” mukofotiga, 2006 yilda Tavfiq Mahmud mukofotiga, 2008 yilda Rasul Rizo Xalqaro she’riyat mukofotiga loyiq ko‘rilgan.

O‘G‘LIM, EShIKNI OCh, EShIKDA BIR ShAMOL O‘LDI

Balki kecha butoqni sen sindirgandirsan…
O‘g‘lim, eshikni och, eshikda bir shamol o‘ldi.

Balki kecha sen bir daraxt ekmagandirsan,
Bas nega o‘lmasin eshigimizda shamol?

Balki bir daraxtning kamaygandir yaprog‘i
Oyog‘ini qayerga tirasin shamol?
Shamolning suvrati edi — qizlarning sochlari…
Qani sochlar?
Uchib ketmish shamolning tirgagi.

Shamol kerak otga tegsin uchun, ot qani?
Shamol kerak sochga tegsin uchun, soch qani?
Sevishganlar orasidan o‘tish uchun shamol kerak,
O‘tib bo‘ldi deysan o‘g‘lim, oh, eshikda bir shamol o‘lgan.
Shamol odamga tegar, o‘sa boshlar
Chaqaloq bir kurtak kabi
Ustki butoqlari chiqar.
Shamol kerak qo‘ldan tutib turg‘azishga,
O‘tdan yuksalar,
Dunyoga bir yashil yaproqdan esar.
Kerak deraza oynasiga shamol,
Cho‘qqiga intilgan bir bola paypog‘iga tegar.

Esdi, esdi tayanishga qo‘l topmadi.
Biroz ko‘rinishga bir qil topmadi,
Atrin tashimoqqa bir gul topmadi,
Bir paypoq ko‘rmadi cho‘qqida siypalashga,
Qani, qani bolalar?

Bir yo‘l topmadi to‘zini to‘zg‘itishga
Yo‘lni bosibdi o‘tlar.
O‘tlarning ustida surishdi shamol
Tura olmadi oyoqqa.
O‘g‘lim, eshikni och, eshikda bir shamol o‘ldi …
U shamolni yig‘latgan eng ko‘p sening
Shamol kabi yuksalgan toring bo‘lajak.

IKKI SAHIFA

Qishloq yonidagi eski tegirmon
Ko‘z o‘ngimda hamon,
Yodimda qolgan yomon
Omon, omon, voh omon.
Otam-la keltirgandik bug‘doy torttirishga,
Endigina o‘tgandim yettinchi sinfga,
Qo‘limda adabiyot kitobi,
Bir varag‘ini qat-qat qilib buklagandim
Yangi darsning joyini.
Tirik bir soat chirillardi
Qat-qat buklaganim varaqdan.
Bir kelin ham bor edi qishloqlik, ersiz.
Qo‘llari bug‘doy toylari-la band
Bir oz hadikli
Yuzlari oq, ko‘ylagi chitdan.
Tegirmonchi
Don qabul qiluvchi bobo,
Oriq, mo‘ylovli
Qora chigirtka kabi kishi
Chiqar yuqori, sakrar quyiga.
Mo‘ylovi, qoshini qoplagan un
kun shu’lasida yiltillaydi,
Ko‘zlari kalamush ko‘zlariday miltillaydi.
Tegirmonchi
Don qabul qiluvchi bobo,
U yoqqa chopdi,
Bu yoqqa chopdi,
Birdan pastlikka yotdi,
Atrofni kuzatdi,
Kutilmaganda pastdan tepaga
Kelinga tikildi.
Bir ko‘zining ajinlari
oq varaq kabi qat-qatlandi.
Bas, ne edi u ko‘zlarni qat-qatlagan?
Kelin yerga kirib ketgudek edi.
Yuragim baliq kabi tipirlardi.
Uyga qaytdim
Qulog‘imda tegirmon ovozi
Yodimda esa ikki sahifa:
Biri adabiyot kitobimda qat-qat buklangan varaq.
Ikkinchisi tegirmonchining varaq kabi
qat-qatlangan ko‘zlari.

KATTALAR SAHAMACI

Yaxshiyamki, men senga telefon qildim
Yaxshiyamki, telefonni o‘chirib qo‘yding
Yaxshiyamki, sababini surishtirmadim
Yaxshiyamki, endi meni sevmasligingni
Aytaqolding…
Yaxshiyamki, men seni o‘ldirmadim
Yaxshiyamki, yaqinimga kelmading sen ham
Yaxshiyamki, men ham seni quvib solmadim
Yaxshiyamki, sen ham qochmading
Yaxshiyamki, men chiqib bu tarafga ketdim
Yaxshiyamki, sen ham chiqib u tarafga ketding.

Miraziz A’zam tarjimasi

OZARBAYJON

Men seni sevaman, o‘lmaysan hech vaqt,
Ket, oq bolishingga sochlaringni to‘k,
Hech qo‘rqib yig‘lama, ko‘zlaringni yum.
Sen Alloh, siynangdan qo‘lingni och, to‘k,
Bu o‘lish fikrini bir tarafga ot.
Ko‘zingni yummoqqa qo‘rqarsan qizim,
Men seni sevaman, o‘lmassan hech vaqt.

Ko‘rding, men degandi dunyoning ishi,
Ko‘ngil istaganni milyon qo‘lni tut.
Qora ko‘zlaringga o‘lim ilashsa
Qo‘rqma,
Men seni sevaman, o‘lmassan hech vaqt.

Qo‘rqma, sen tomonda ko‘zim hamisha,
O‘lim bir tukingga tegina olmas.
Qo‘rqsang gar, kel tushib tuproq ustida,
Bo‘lib yalangoyoq yuraylik qizim.
Tushib poyezdlardan, tayyoralardan,
Tushib tuflilardan, martabalardan,
Tushsak tuproq bossin oyoqlarimiz,
Enib chechaklarga, gullarga nolar,
Agar oyoq yalang yurishni bilsak,
Izimizdan tushib kelar odamlar.

Hali qatordamiz, tayoradamiz,
Hali gul ustida, bomba istadik.
Ne bo‘lsin,
Men seni sevaman, ket orqangga yot,
Yuraging og‘risa, qator yiqilsa,
Tayyora siltasa samo yuzida,
Qo‘rqma,
Men seni sevaman o‘lmaysan hech vaqt,
O‘lmaysan hech vaqt.

BILDINGMI?

Yomg‘ir to‘la qo‘ling, panjalaringni sevdim,
Bildingmi- bilmadingmi?
Ko‘zingdan sarxush kabi,
yiqildim yuragingga.
Kuldingmi- bilmadim?
O‘zimizdan ancha,
yopiqda oyog‘imizning qo‘sha tayanmog‘ini sevdim.
San ham sevdingmi, bilmadim?
San yotgan yuragimga, boshimga suyal.
Qo‘llarimning nido qilganini
Bilasanmi-bilmayman?
Qo‘llaring bulut kabi ko‘lga
solur,
Sochlarimning uchganiga,
Deysan oqshomda yomg‘ir yog‘ar,
Xabaring bormi, bilmayman?

HAYoT

Tushunib-toshinib,
Tashinib-tushundim bir oz,
Hayot bir tosh kabi oldimga tushdi.
Odam aqldanmish, sevgi deyilgan,
Qizlarin ko‘k choyga otib ketganmish.
Sevilib-sevilib otilgan o‘g‘lon,
ayrilgan go‘zal,
Ayrildim, bularning hammasi nedan?
Sevish qoidasi o‘lmoqlik dema,
Ketmoqning, kelmoqning yo‘li bor emish.
Olovdir, dengizdir sevgi degani,
Olovga, dengizga qiz kelmas axir,
Olovdan odamga uy bo‘lmas axir.

Sevgi qoidasi bo‘ladi dema,
Bu yo‘lni bilganga qiz boqar qiyo.
Go‘yoki, muhabbat dars kabi dema,
Uni ardoqlamoq, o‘rganmoqmi yo!
Tushunib- toshinib,
Toshinib-tushundim bir oz,
Hayot bir tosh kabi oldimda edi.

SAHARLARNING SAHARI

Saharrarning bir sahari
Olloh ko‘kdan uzatib qo‘lini,
Bir ishlar soladi yerning boshiga.
Sarhadlar uchadi,
Qushlar enadi,
Uzun dahshatli raketlar
Bir on tuproqqa do‘nadi.

Allah chekadi qo‘lini,
Bayroqlar yaproq bo‘ladi.
Allohning yerdan topgani,
Bir go‘dak ushoq bo‘ladi.

Ulug‘ Tangrim buyuk elini,
Tuproqqa teng aylaydi.
Aybi borin bog‘lab qo‘lini,
Jallod kundaga joylaydi.

Ulug‘ tangrining qo‘liga,
Raket to‘ladi, to‘ladi.
Ko‘kka qalqqan imoratlar,
Go‘dak holicha o‘ladi.

Tangrim go‘dakni olib qo‘liga,
Har neni sasida quradi.
Soatlar go‘dakning yo‘liga,
Yuraklar uningdek uradi.

Saharlarning bir sahari,
Bizlarga dars bo‘ladi.
Millat insonga aylanar,
Butun dillar sas bo‘ladi.

* * *

Seni ham chiqardim, she’rlarimdan,
Otingni bir boshqa daftarga yozdim.
Eng go‘zal she’rimni qizlarga emas,
Eng go‘zal she’rimni itlarga yozdim.

Goh bog‘ qildim, goh bog‘ rasmini chizdim,
Og‘och yuzlariga oh shaklin chizdim,
Umrimda bir bora tog‘ shaklin chizdim,
Nodonlik oldidan yot dorga yozdim.

Yuzimni ol qonga bo‘yaganda yor,
Lolaydi, ko‘zingdan qaynar edi yor.
Man bilan shoh va mot o‘ynar edi yor,
Xonaning biriga “ket” deya yozdim.

Savdom tamom, oqshom-oqshom yig‘ladim,
Og‘riq boshga qora shamlar bog‘ladim,
Bir kechada qirq kun yosin saqladim,
Bu she’rni kun yuzi saharga yozdim.

Dilbar Haydarova tarjimasi