Odila Nazar (1970)

Odila Hasan qizi Nazarova (Adilə Nəzər – Adilə Həsən qızı Nəzərova) 1970 yil 26 mayda Naxchivonda tug‘ilgan. Shoira, publitsist, filolog, falsafa doktori. “Kitob uyi” ijtimoiy birligi boshlig‘i. Ozarbayjon yozuvchilar birligi a’zosi. Unlab she’riy kitoblari, yuzlab publitsistik maqolalari chop etilgan. She’rlari fors, frantsuz, ingliz, rus, qozoq va o‘zbek tillariga tarjima qilingan.

QOLMIShAM

Hayot zolim, yor omonsiz,
Elim izimda qolmisham.
Ochmas ko‘ngilning sirini,
Cho‘ling tizimda qolmisham.

Yomon dardga solibdi yor,
Bu dardning davosi shu dor,
Ishqning yuz ming azobi yor,
Yonib ko‘zingda qolmisham.

Bilmadim, ko‘ngilning nayi na?!
Tushib hikoyam oyina…
Asta kirib yuragim-a,
Boqar ko‘zimda qolmisham.

Oh, nelarni istar edim,
Siynamda ishq boshlar edim,
Yurishim-la shart ayirdim,
Cho‘kib tizingda qolmisham.

Yo‘l qaydadir, iz qayonda,
Man yugura u dovonda,
Man bu yonda, u u yonda,
O‘zim o‘zim-la qolmisham.

DARDI BOR

Odamning odam dardi,
Qushning qushday dardi bor.
Asrasin, turfa darddan,
Gohida tush dardi bor.

Bandalik aylamakchun,
Tavba de, de, har ochun.
Dardni unutmoq uchun,
May bo‘lsa, no‘sh dardi bor.

So‘zing turgan yerida,
Ruhing yurgan yerida,
Yurding yurgan yeringda,
Kezar boyqush, dardi bor…

Mayni ichib keturlar,
Yo‘lni, kechib keturlar…
Bir-bir ko‘chib keturlar,
Bir oz teng-tush dardi bor.

Tangrining qushi bo‘lsa,
Qushning har tushi bo‘lsa,
Sevgining hushi bo‘lsa,
Hushingning xush dardi bor.

* * *

Kuldi dudoqlaring, aridi sukut,
Jo‘shdi a’lo bilki, soqit bir dengiz.
Diling so‘ylasada, ishqimni unut,
Ko‘zlaring sevardi mani shubhasiz.

Mani ba’zan aldab qocharding,
Turajlar hasadla boqardi sanga.
Eng baland qoyada nafas olarding,
Ko‘rinmas daradan qarab ishqimga.

Qaysi vaqt yuragim tushdi kamonga,
Nasib fikrlarim tuymalandilar.
Menga barcha bergan muhabbatingda,
Siniq orzularim jilolandilar.

Qo‘l bermas, qo‘l yetmas bo‘libsan endi…
Men qanday qaytaray u o‘tmish “shon”ni?!
Qaysi nomardlarning amallariydi,
Soldi oramizga “siz” kalimasini…

Yaqinda bo‘lsakda, uzoqmiz har on,
Bordir oramizda bir abadiyat…
Biz u vaqt bir edik, endi uzoqdan,
Boshla salom berish qilar kifoyat…

Dilafro‘z Akram qizi tarjimasi