Muso Yoqub (1937-2021)

Muso Yoqub (Musa Yaqub) 1937 yilning 10 mayida Ismoyilli tumanining Buynuz qishlog‘ida tug‘ilgan. Ko‘kchoy pedogogika bilim yurtini tugatgach, Tirjon qishloq maktabida o‘qituvchi (1957-1958), Buynuz qishloq boshlang‘ich maktabida ilmiy mudir (1958-1967) bo‘lib ishladi.
Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetini sirtdan o‘qib tugatgan (1967—1973). Bokuga ko‘chib kelgach, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi badiiy adabiyot targ‘iboti byurosida direktor o‘rinbosari, “Ozarbayjon” jurnalida she’riyat bo‘limining boshlig‘i bo‘lib ishladi (1974— 1978).
Ijodiy faoliyatini 1957 yilda “Ozarbayjon” gazetasida e’lon etilgan “Ikki qalb, ikki dunyo” poemasi bilan boshlagan. Moldovada, Ukrainada, O‘zbekistonda Ozarbayjon adabiyoti kunlari va boshqa umumittifoq adabiy tadbirlarining ishtirokchisi, M.F. Oxunov nomli mukofot laureatidir.
“Yaproqlar kuylamoqda”, “Bu muhabbat yashatar meni”, “Mening koinotim”, “Yuzi ko‘kka boqqan tog‘lar”, “Yaxshiyam sen borsan”, “Ikki qalb ziyosi”, “Mening sevgi qismatim”, “Yuragimda o‘rning qoldi”, “Kuzdan yozga yo‘l bormi?”, “Ruhim ila suhbat”, “Davr tegirmoni” kabi bir qator she’rlari, dostonlari kitob holida o‘quvchilar qo‘liga yetib borgan.

UL UMIDLARGAKI MEN IShONARDIM

Ul umidlargaki, e’tiqodlargaki,
Ul odamlargaki, men ishonardim,
Ul muhabbatgaki, men ishonardim —
Ularning ortidan quvmoq foydasiz.
Baski, sen nimaning ortidan tushding,
Baski, sen kimlarning ortidan tushding.
Men saboq olganim daftar-kitobga,
O‘lchab-kesishlarga, haqqu hisobga,
Har o‘ru qirimga, tog‘u toshimga,
Har bitta yurtdoshim, do‘st-yo‘ldoshimga
Ishonar edim men, va lekin ular
Menga ters turdilar, yo‘l qo‘ymadilar,
Xayrli ishimga qo‘l qo‘ymadilar.
Ul umid ortidan, ishonch ortidan
Ketgali menda bir hol qo‘ymadilar.
Men kimning ortidan ketayin endi?
Balki arilardir, chumolilardir
Men uchun qadrdon, men uchun aziz,
Balki o‘shalarning ortidan tushay.

Ul umidlargaki, e’tiqodlargaki,
Ul odamlargaki, men ishonardim;
Menga ters turdilar, yo‘l qo‘ymadilar.
Xayrli ishimga qo‘l qo‘ymadilar.
Ul um id ortidan, ishonch ortidan
Ketgali menda bir hol qo‘ymadilar.
Ul muhabbatgaki, men ishonardim,
Uning ham ortidan quvmoq foydasiz.
Baski, men nimaning ortidan tushay,
Baski, men kimlarning ortidan tushay.

* * *

Bu dunyoda sevinch ham bor,
Dard ham bor,
Ular har soriga chekar
Ko‘nglimni.
Yaxshiki, nomard yonida
Mard ham bor,
Biri yirtsa, biri tikar
Ko‘nglimni.

* * *

Balki uzolmasman qarzimni, Vatan,
Mayli, umrim bu yo‘l azobin tortsin.
O‘lsam, ayrilmasin bag‘ringdan bu tan,
Hokimdan tuprog‘ing bir hovuch ortsin.

Usmon Qo‘chqor tarjimalari

U NE BOQISh EDI…

Tangrim, bir boqishda nelar bor edi,
Nazarda necha ming nazar bor edi,
Yo Rab payti yetdi, o‘tdi ko‘p oni,
U ne boqish edi ko‘zing qurboni…

Men asir — tilsimga, kela olmadim,
Boqishingga javob bera olmadim.
So‘z ishi emasdi, so‘z bilan aytsam,
Ko‘z ishi emasdi, ko‘z bilan aytsam.

Balki afsonamish, balki bir hikmat,
Chaqmoq edi toshga urilgan qat-qat —
Nuri nigohimda, o‘ti ko‘ksimda,
Qayta yonib-yonib yotdi ko‘ksimda.

Ehtimol, ikkinchi hayot kabi u,
Parvona qildirdi o‘tga mani u,
Qayta ming bor ko‘rdim, chirog‘im yo‘qdir,
Yo‘l olmoq istasam oyog‘im yo‘qdir.

Men yerdan balandda, ko‘k halakdir u,
Balki, hali-hamon kamalakdir u,
Har rangin o‘rnida istay olmadim —
Xuddi o‘sha rangu, o‘sha naqsh, tim,
Men boqa olmadim, meni kechirgin.

U qaysi g‘urubning naqshlariydi,
U qaysi Malakning boqishlariydi?
Mening yuragimga, mening she’rimga,
U qaysi sevgining olqishlariydi?

Men asir — tilsimga, kela olmadim,
Boqishingga javob bera olmadim.
Balki, ko‘zlaringni ko‘z ham istamas,
Yo‘l olmoq istasam, tiz ham istamas.

Qo‘limni yuzimga tortaman qaydan,
Bir ko‘ray ne qolmish u o‘t nazardan…

O‘sha chaqmoq urgan qayrag‘och kabi,
Yo‘nilib qolarman, yonib qolarman,
Balki, og‘och-haykal bo‘lib qolarman —
“Otdi mujgon o‘qin, tegdi ko‘ksimga”
U mujgon o‘qini olib qolarman.

Yo Rab payti yetdi, o‘tdi ko‘p oni,
Sen qaydan kelganding, ketarsan qayga,
Men bunda ne qilgum, ko‘zing qurboni?

* * *

Mening tong yulduzim botdi to‘satdan,
Botdi, botmog‘iga ishonmaganim.
Birdan baxtimning ham uyqusi keldi,
Yotdi, yotmog‘iga ishonmaganim.

Yuzimda zilzila, ruhimda qiyom,
Tortdi qo‘llarimdan u biri dunyom,
Tortdi, tortmog‘iga ishonmaganim.

Oxir hisobimni berdi g‘amiga,
Tangri otdi meni jon olamiga,
Otdi, otmog‘iga ishonmaganim.

Farqi yo‘q — tez bo‘ldi, kech bo‘ldi, ketdi,
Avvali, oxiri hech bo‘ldi ketdi,
Ketdi, ketmog‘iga ishonmaganim.
Dunyo foniy emish, umrimiz oni,
Bitdi, bitmog‘iga ishonmaganim.

* * *

Har ikki tarafda ont ichgan bizmiz,
Bizni bu chorasiz ont avf aylasin.

Yo‘qsa yaqinlar ham kechirmaslar hech,
Mayli, ahli-holu yot avf aylasin.

Na sen osiydirsan, na men gunohkor,
Bizni istak nomli ot avf aylasin.

Na sen bir kam berding, na men kam oldim,
Qalb deydi murodga yet, avf aylasin.

Og‘riq-azobimiz dudoqlaridan
Yuragimga oqqan dod avf aylasin.

Butun umrim bo‘yi ko‘nglim ko‘nglingga
Ko‘zlarim ko‘zingga yod, avf aylasin.

Faqat sen injitding yuragimni jim,
Unga bir tasalli ot, avf aylasin.

* * *

Yaqinda, sening ham yo‘qdir xabaring,
Bir kun kechayotib hovling oldidan,
O‘sha quduqdanmi yo o‘sha izdan,
Tangrim, qancha do‘nar charhi mahvaring!
Biroq, bunda seni izlab basma-bas,
Derazadan tushgan g‘ofil soyadan
Umid axtarman, axtaraman sas.

Endi derazani tanimadim hech,
Begona oyog‘im, turma, bundan kech,
Ming yo‘l nazarini “hech”ga do‘rdirgan,
Insonning ko‘zlari buncha g‘amgin, ayt.

Endi u so‘zlarni pichirlamayman,
So‘z degan xohishlar buncha g‘amgin, ayt.
Boqar, ko‘rmog‘i yo‘q, o‘t olmog‘i yo‘q,
Begona boqishlar buncha g‘amgin, ayt.

Bu qo‘l sening emas, u qo‘llar mening,
Bu yo‘l sening emas, u yo‘llar mening…
Biri-biri uchun yonib, qovrilgan,
Betin yonishlari ko‘kka sovrilgan,
Insonning qo‘llari buncha g‘amgin, ayt.
Navozishsiz qolib singan, qirilgan,
Insonning yo‘llari buncha g‘amgin, ayt.
Yaxshiyam u qo‘llar yig‘lashni bilmas,
Yaxshiyam u yo‘llar yig‘lashni bilmas.

Yuragim gulhandek yonardi bunda,
Eh, seni ko‘rmasdan o‘tmoq ne edi.
Oyog‘im mixlanib qolardi bunda.
Endi bilolmayman qaydan o‘tarman,
Shundayin bir sovuq qordan o‘tarman,
Bu yerlarda qadam tovushim tindi,
Insonning qadami buncha g‘amgin, ayt.
Dunyo boshdan-oyoq unutmoq endi,
Dunyoning odami buncha g‘amgin, ayt.

Na men u zinadan chiqqum sen sari,
Na sen u ayvondan boqqung tashqari,
Lozim bu dahlizga kirmog‘im yolg‘iz,
U sovuq marmar ham necha bor qolmish.
U menga egizmas, men unga egiz,
Unda ayozlarga e’tibor qolmish.

Yo Rab, daraxt do‘ngan, tosh buncha do‘ngan,
Kimsaning ulfati buncha g‘amgin, ayt.
Bir yuzi olovli, bir yuzi so‘ngan,
Yuzin tosh sifati buncha g‘amgin, ayt.

Bir bor chechak kabi so‘lasan, bu hech…
U so‘lsa, sen yolg‘iz qolasan, bu hech…
Umr qola-qola, kun qola-qola,
Alvido aytasan eng go‘zal yo‘lga —
Manzilin unutib har taraf ketgan,
Insonning yo‘llari buncha g‘amgin, ayt.
Bir quchoq sevgini toshlarga urib,
Begona-begona qo‘llarni tutgan,
Insonning qo‘llari buncha g‘amgin, ayt.

Yaxshiyam u yo‘llar yig‘lashni bilmas,
Yaxshiyam bu qo‘llar gapirolmaydi…

KUZ KUNLARIM

Bir sarg‘ish butoq bor yil daraxtida,
Qara, bu kuzakning yoshi nechadir?
Bir quyuq tuman ham bor bo‘lsa bunda,
Yoddoshi nechadir, hushi nechadir —
Sorig‘ liboslari yirtilmay qochdi,
Ammo o‘sha tuproq, o‘sha og‘ochdir,
Qudrati bor bo‘lsa, bir gul ko‘karsin,
Yo bir xazonini yerdan ko‘tarsin.
Bir tilim yemishni oypora bilsin,
Bir qushni yo‘lidan qaytara bilsin —
Chaqirsin orqaga shirin tillarni,
Kaftini uzatsa qish taraflarga
Isita bilarmi sovuq qo‘llarni…
Qara, bu kuzakning yoshi nechadir?

Madori qolganmi “oh” demoq uchun,
Savdosi yo o‘g‘il, yo qiz bo‘larmi?
Sohibsiz el-yurtni asramoq uchun,
Askarlik yoshida hech kuz bo‘larmi,
Qara, bu kuzakning yoshi nechadir?

Yana kezmog‘im bor ko‘chalarida,
Sahari qorishiq, yomon bo‘ylar u.
Ko‘rasan tong qadar kechalarida,
Nega sabr etar, neni o‘ylar u —
Qara, bu kuzakning yoshi nechadir?

Qolmisham umid-la yosh qiynog‘ida,
Bu qizil yaproqning yolidan o‘psam.
Qizilahamaddin ol yonog‘ida,
Bir lazzat qolganmi xolidan o‘psam,
Qara, bu kuzakning yoshi nechadir?

Muzrob xazonlarin yoqishlar ila
Teginib bir sorig‘ siymo yig‘laydi.
Bu qadar oromsiz yog‘ishlar ila
Qaragin, bu kuzak kimga yig‘laydi?

Tumanlar ichikar dara bo‘yida,
Tog‘lar oshib go‘zal qo‘shin ketgaydir.
Aytasan, bu kuzak vaqtning sohibi,
Meni ham o‘ziga qo‘shib ketgaydir.
Qara, bu kuzakning yoshi nechadir?

* * *

Eshigingda egik savolga do‘ndim,
Sendan olajagim javoblar uchun.
Xudoyim hech senga azob bermasin,
Sen menga berganing azoblar uchun.

Uzib har umiddan qo‘limni sensiz,
Dunning kelar-ketar yo‘lini sensiz,
Ortiq istamayman dilimni sensiz,
Boqib begonalar — haroblar uchun.

Tushmasmi guzorim bir do‘st bog‘iga,
Ishqim chechaklari so‘lmoq ohiga,
Bir yomon tush bo‘ldim el sabohiga,
Tasalli topganim sharoblar uchun.

Bilki, bu yuraklar toshdir yo temir,
Bir yuzi oppoq kul, bir yuzi ko‘mir,
Yo Rabbim, bu qanday yop-yolg‘iz umr,
Qoldirmadim uni hisoblar uchun.

O‘z ishqim yo‘linda sodiq jonman men,
Hayf bo‘ldim, ham yongan, ham yomonman men,
Ehtimol, birinchi musulmonman men,
Jahannam ketgayman savoblar uchun.

Xudoyim hech senga azob bermasin,
Sen menga berganing azoblar uchun…

* * *

Qismat yo‘llari duch keltirdi bizni,
Yo‘limiz qaydadir qayrilajakmi?
Unutgan damlarda bir-birimizni,
Xotirang yodimdan ayrilajakmi?
Bu qo‘llar meniki bo‘lmasa agar,
Bu sochlar meniki bo‘lmasa agar,
Yo Tangrim, o‘zingga o‘rgatma meni,
Hijron xidlaridek tarqatma meni…

Qo‘limni sochingga o‘rgatma buncha,
Ko‘zimni ko‘zingga o‘rgatma buncha,
Elkamni boshingga o‘rgatma buncha,
Yuzimni yuzingga o‘rgatma buncha…
Men biroz qurigan butoq kabiman,
Men biroz oddiy nom ushoq kabiman.
Bola onasiga kelgani kabi,
Laylak ini tomon shoshgani kabi,
Ari gul-chechakka qo‘ngani kabi,
Voh, men ham qoshingga tez shoshganingman,
Ishq gulhanida o‘t olishganingman,
Ammoki, o‘chmog‘im ko‘p qiyin mening,
Ammoki, qaytmog‘im ko‘p qiyin mening,
O‘rgatma o‘zingga, o‘rgatma meni…

Balki, kutarmidik bu hush diydorni,
Darbadar dunyoning davosi bormi?
Hech qachon yo‘lidan qaytmaganingman,
Hech qachon yolg‘on so‘z aytmaganingman.
Kelib senga jonim shirin jon bo‘lar,
Umrimning ichida umr tug‘ilar.
Bu shirinim achchiq bo‘lajak esa,
Bu qismat chechagim so‘lajak esa,
O‘rgatma o‘zingga, o‘rgatma meni…

Dilda o‘rning jilmas turgan yeridan,
Egizak lolamiz, bitta butog‘i.
Ayirmoq bo‘lsalar biri-biridan,
Ikkimizga tengdir hayot qiynog‘i —
O‘rgatma o‘zingga, o‘rgatma meni…

Yo‘q bunga toqatim, yo‘q bunga tobim —
Qo‘limni qo‘lingdan uzmoq azobim,
So‘ngra shu azobda suzmoq azobim…
Yo‘qsa, yuragimning siniqlari bor,
Hijronning ko‘z ko‘rmas yoriqlari bor,
Mening dardlarimning oyoqlari bor,
— Qayda bo‘lsam albat topajak meni,
Yoqib-yondirajak bu o‘choq meni…

Kel, meni o‘zingga o‘rgatma buncha,
Qo‘limni qo‘lingga o‘rgatma buncha,
Ko‘zimni ko‘zingga o‘rgatma buncha,
Ko‘nglimni ko‘nglingga o‘rgatma buncha…

* * *

Endi nozing buyuk,
yuraging — hasta,
Eh, men ham sen uchun bunday qolmasman…
Mudom ko‘rasanki, erkka xushing yo‘q,
Qolgansan necha yot boqish ostida.
Yon-verga qaraysan yomg‘irpo‘shing yo‘q,
Telbahol kezasan yog‘ish ostida.
Quyoshda ustingga soya solgan yo‘q,
Yolg‘izsan, biroq hech yodga solgan yo‘q.
So‘nmish sendan avval u otash-o‘choq,
U payt bilajaksan mening sevgimni,
Bilajaksan,
u payt ko‘p kech bo‘lajak.

Ko‘nglig og‘riganda,
azob yutganda,
Kimlardir, qaydandir qo‘sha o‘tganda,
Mudom ko‘rasanki,
sen bunda tanho,
Yoningda bo‘sh qolmish bir sirdosh yeri,
Ichikar dilingning shunday bo‘sh yeri.
U so‘zing, u sasing, u erking yo‘qdir,
Darding bor, bu dardga sheriking yo‘qdir.
U payt istamasdan ko‘zing to‘lajak,
U payt bilajaksan mening sevgimni,
Bilajaksan,
u payt ko‘p kech bo‘lajak.

Masalan, bir safar o‘rni kelganda,
Bir gizli vaqt topib ko‘zgulanganda,
Mudom ko‘rasanki,
shamshod qo‘llaring,
Ko‘ksingga to‘kilmish soch tolalaring,
Bir kular yuzing bor,
ammo bilar yo‘q,
Bu humor ko‘z ila birga kular yo‘q.
Yo‘qdir bu qo‘llarni qadrlovchi ham,
Yo‘qdir bu sochlarni qadrlovchi ham,
Ko‘ngling bo‘sh, qo‘ling bo‘sh, bo‘sh qolgan quchoq…
U payt bilajaksan mening sevgimni,
Bilajaksan,
u payt ko‘p kech bo‘lajak.

Javob olmaganda —
hikmat, maqoldan,
Yig‘a bilmaganda ko‘zingni yo‘ldan,
Ko‘ngling bir qanotli so‘z istaganda,
Umid qanotida uchay deganda,
Mudom ko‘rasanki, qanoting yo‘qdir,
Chorlanar, aytilar, oti bor, ammo
Tilimda ship-shirin u oting yo‘qdir,
Na ma’ni, na sevgi, hayoting yo‘qdir.
Kun — kechar, vaqt — o‘tar, xotiram — uzoq…
U payt bilajaksan mening sevgimni,
Bilajaksan,
u payt ko‘p kech bo‘lajak.

sentyabr, 1988

* * *

Mening yuragimda g‘arib,
ko‘p g‘arib,
Bir sevgi hikmatin sochida oqlar.
So‘ng esa yuzimni sendan-da burib,
Qilgan gunohlaring yo‘limni bog‘lar —
Men uchun mushkuldir,
yo‘q-yo‘q, ko‘p og‘ir,
To‘xtab, sabr darsin o‘tar onim boq.
Taqdirning ko‘zlari ko‘zimga boqar,
Men undan uyalib turaman shundoq.
Bu sening gunohing,
sening gunohing.

Bir paytlar mehring-la masrur yashagan,
Aldangan ko‘nglimni qiynamayman hech.
Seni azizlagan, sendek yashnagan,
Muzlagan qo‘limni qiynamayman hech.
O‘zimni, so‘zimni,
mudom izlagan,
Intizor ko‘zimni qiynamayman hech.

Bizning o‘rtamizda vafo, e’tibor,
Ko‘zim qaydan bilsin,
ko‘zingda ne bor,
Qo‘lim qaydan bilsin,
qo‘lingda ne bor,
Ko‘nglim qaydan bilsin,
ko‘nglingda ne bor?
Ko‘zlarim oldida gul-chechak ochgan,
Zarif xayol kabi qoshimga qochgan.
U malak sifatni ko‘rgan damlarim,
Oshkor haqiqatni ko‘rgan damlarim.
Qalbingning eng te’ran zulmatida, ayt,
Gizli hiyonatni qanday ko‘rgandim,
O‘zga muhabbatni qanday ko‘rgandim?
To‘g‘rining yonida qo‘lda-oyoqda,
Surilgan yolg‘onin qanday ko‘rgandim?
Tosh osti qolganin qanday ko‘rgandim?
Sendan hayf olmoq istamayman, yo‘q.
Endi o‘z-o‘zingni yondirsa ohing,
Bu sening gunohing,
sening gunohing…

Yana bu bechora dilim ichikar,
Ko‘ksimda beadoq kulim ichikar,
Yo‘qotdim yo‘lini bir qiblagohning,
Bu sening gunohing,
sening gunohing…

Tovba, yo‘qligiga qanday ishonay,
U inja, u hafif daqiqalarning.
Yolg‘on bo‘lganiga qanday ishonay,
Eritsa ko‘nglimni onting, vallohing,
Bu sening gunohing,
sening gunohing…

Ishq tomon uzangan qo‘llarim sinmish,
Senga qarshi ketar yo‘llarim sinmish,
Bu sening gunohing,
sening gunohing…

Ortiq u sharobni ichmagayman men,
Bu sening gunohing —
botding gunohga!
Ortiq u chig‘ir-la kechmagayman men,
Bu sening gunohing —
botding gunohga!

Sening mahallangga boqmayman ortiq,
Yo‘lingga, qarshingga chiqmayman ortiq.
Albatta, chidayman…
sezdim ehtimol.
G‘amgin onlarimdan
bezdim ehtimol.
U xush xotiralar ko‘kka sovrular,
Bu sening gunohing,
sening gunohing.
Hasrat tovonida ko‘nglim qovrular,
Sening huv tumanga tushar sabohing,
Bu sening gunohing,
sening gunohing…

1984 yil.

* * *

Sening yo‘llaringda jon tugatganman,
Umr yashatganman, dard yaratganman.
Gullagan chog‘ida barmoqlar tegmas
Yashirin muhabbat azobi uzra
Ko‘nglim vayron qolsa, ko‘ngling — serhasham,
Men sendan gul ekib xazon terganman…

O‘zga bir savdoda, o‘zga hadafda,
Bo‘ynimni sindirib uzganda darding.
Meni qor qoplasa shimol tarafda,
Sen janub tarafda chechak ocharding.

So‘yla, yodingdami u janub, shimol,
Ma’sum tabassuming va lablarim lol.
U qish menikidir, u yoz seniki,
Oppoq qanotimda parvoz seniki.

Sen ko‘kdan balandda oshiq izlagan,
Daryodan oq otli o‘g‘lon ko‘zlagan,
Ilohiy bir ishqning so‘roqlarida,
Qanotin parvona chiroqlarida —
Oshardi, toshardi mudom sho‘xliging,
Sening sho‘xligingda menim yo‘qligim.

U ne savdo edi, u ne ish edi?
Ehtimol, qismatdan qorayish edi.
Muhabbating tilab ishq podshohligin,
Qarshingda qul ishin bajarmoqligim, —
Ko‘zlaring qorasi — surmasi mendan,
Ko‘zimning yoshiyu azobi sendan…

Bir nishon qolganmi u surmalardan,
Sochingga taqqanim gul burmalardan?

Qayga uchib ketdi parvonalaring?
Men sening yo‘lida yiqilgan, turgan,
Demayman tez ora, demayman bu kech
Azobim ustiga hayotin qurgan
Uying zilzilamdan titraydimi hech?

Nasibang qoldimi huv azobimdan,
She’r daftarimdanu g‘am kitobimdan?

Hayf, gul g‘amida muhrga do‘ngan
Kuldayin yopishgan dudoqlarga ham.
Hayf, kasovlari ko‘mirga do‘ngan
Toshlari qoraygan o‘choqlarga ham.

Ortiq u o‘choqlar bizniki emas,
Qoraygan dudoqlar bizniki emas…

2012

* * *

G‘aroyib qismatlar bor bu dunyoda —
Horg‘in turnalarning bir kechayori,
O‘zga ko‘lga
qo‘nib-qalqmog‘i kabi,
Biroz titratgancha olis tog‘larni,
Chaqmoqlarning uzoq chaqmog‘i kabi,
G‘aroyib qismatlar bor bu dunyoda.

Sevgi yoddoshingni varoqlasang gar,
Shirindan-shirinroq u tushar yodga.
Yo o‘tkinchi poyezd,
Yo biron kema —
U yerdan yangragan bir qo‘shiq kabi,
Bir bora sen uchun kuylanmasa ham,
Butun vujudingdan
kechar u sado.

Qop-qora sochini silkitib o‘tar —
Qismat chig‘irini izlamaganing,
Ehtimol,
hech qachon ko‘zlamaganing,
G‘alat uchrashuvlar bor bu dunyoda.

Na sevgi deyoldim,
Na pis* deyoldim,
Nainki,
o‘tkinchi bir his deyoldim.
Qisilib, yurakning kunjinda qolgan,
Olisdagi yulduz burjinda qolgan.
G‘aroyib qismatlar bor bu dunyoda.

Shunday shirinlikni eslaganingda,
Barcha sevgilarning,
muhabbatlarning,
Mudom ko‘rasanki,
tili ham birdir,
Vatani ham birdir,
eli ham birdir.
Daryo shaharlarning, huv qishloqlarning,
Qaysidir noma’lum manzillarida,
Hayot deb atalmish yo‘ldan narida, —
Qaydadir u taqdir arkimiz yashar,
Bir hush umidimiz, “balkimiz” yashar.
Ko‘zlarning ko‘zlardan mehr ichgani,
Qo‘llarning qo‘llarga qarab uchgani, —
Yillarning yarata bilmaganidek,
Shunday shirin bo‘lar
u tug‘ma onlar,
Bir hush kunimizga osilib ketar.
G‘alat bo‘y ko‘rsatgan binafsha jonlar,
Birdan baxtimizga yozilib ketar.

Yo‘llar duch keltirmas,
chig‘ir qovushmas,
Ko‘zlar
u ko‘z bilan sira sovushmas.
U poyezd, u kema qaytmagay ortiq,
Ortiq turnalar ham u ko‘lni ko‘rmas.
Qolar ko‘nglimizda
bir diydor yeri,
Ortiq qo‘llarimiz
u qo‘lni ko‘rmas.
Yurakning eng chuqur kunjinda qolgan,
Olisdagi yulduz burjinda qolgan,
G‘aroyib qismatlar
bor bu dunyoda.
G‘alat uchrashuvlar
bor bu dunyoda.

1985.

*Yomon

* * *

Biz unda yo‘q edik,
yohud bor edik,
Balki, bir ruh edik,
balki, xush xayol…
Huv o‘sha tog‘ ko‘li —
U Voshoq ko‘li,
U billur shaharning og‘ushida lol.

Tabiyat titranib ming hil naqshdan,
Ko‘k yuzi bulutli, ufq o‘choqdir.
Birozdan tasodif yog‘gan yog‘ishdan,
Sening yelkalaring namlanajakdir.
Oh, u norin yog‘ish,
u go‘zal yog‘ish,
Qancha talpinardi chechakka, gulga,
Qancha sepilardi u moviy ko‘lga,
Bizning ustimizga, daraga, toqqa…
Ne ajab hech buni his qilmadik biz?
Bir juft og‘och edik butoq-butoqqa,
Balki, yomg‘irpo‘shsiz bir juft chechakmiz —
O‘sha hazinlikda, u moviylikda,
Biz ham sekin-asta eriyajakmiz.
Sekin-asta erib, so‘ngra yo‘q bo‘lib,
Keyin u sohilda ko‘karajakmiz.
U olis shalola eng nurli gumon,
Biz ham qorishgandik o‘sha oqimga.
Bunda sig‘inmishdi bir tutam tuman,
Chinor daraxtining yumshoqlig‘iga.
Sig‘inmoq yaxshidir,
Qayt ortingga sha’n!
Bu ne xush tuyg‘udir, bu ne xush ozor.
Sevgining qo‘llari qanday mehribon,
Istakning ko‘zlari qanday baxtiyor.

U ko‘l humor edi,
Biz humor edik,
Biz unda yo‘q edik,
yohud bor edik,
Ko‘rib tabiyatning e’tiborini,
Bunda har istakka yetib bo‘lmagay.
Dunyoning eng og‘ir qayg‘ularini,
Unutib bo‘lmagay,
otib bo‘lmagay,
Shunday bir ko‘l kabi sohil yoqalab,
Bosh qo‘yib ship-shirin yotib bo‘lmagay.

Hayf, bu maqomning umri ko‘p qisqa,
Biz qaydan boshladik,
qayga yetdik biz.
Chig‘irlar olisga yetib borguncha,
Biz u chig‘irlar-la qayitajakmiz.
Ko‘lning ko‘zgusida qoya hayqali,
Suvlar u soyani buzar deding sen.
Qoyaga zamonning sersabr qo‘li,
Ming yil bir naqshni chizar deding sen.
Bizning bor naqshimiz keltirdi bugun…
Qismatning eng inja naqshlarini.
Soldi umrimizga —
bu kunimizga.
Ko‘ldagi tollarning butog‘i kabi,
Qismat uzatganda qo‘lini bizga.

U ko‘l humor edi,
Biz humor edik,
Biz unda bor edik? —
Bor edik,
yo‘q edik bila olmadik.
Ehtimol, qolgandik o‘sha naqshda,
O‘sha moviylikda, o‘sha yog‘ishda,
Qaytolmadik axir, kela olmadik.

1984 yil

* * *

Yomon kunda sening,
xush kunda sening,
Hayot og‘ochiman ko‘nglingda sening, —
Uni yiqib bo‘lmas, quritib bo‘lmas,
Ortiq qiynayverib o‘zingni surma.
Bir bahor umrini unutib bo‘lmas,
Sevgan daraxtingga boltani urma.
Nohaq yuragingni og‘ritma bunday,
Ko‘hna xotirani yig‘latma bunday.
Umr ehtiyoji,
kun ehtiyoji,
Men sening ko‘nglingda hayot og‘ochi —
O‘zing ham bilmasdan yurak qoning-la,
Butun vujudingla, butun joning-la,
Uni butun umr yashatajaksan,
Unutmoqmi oson,
ketmoqmi oson?

Bilaman o‘ziga tutar g‘azabing,
Eh, unutmoq bo‘lsa ne borki, haqdir.
Butun xijronlarning nedir sababi,
Shunday unutmoqni bajarmaslikdir.
U daraxtni kessang,
tezda bitajak,
So‘ngra eng chiroyli yerda bitajak.
Umidli kuningda yaproqlanajak,
Yangi novdasida gul quchoq-quchoq —
Sen ham bahorlanib-yozlanajaksan,
Orzu og‘ushida nozlanajaksan.

Bu senga qanotdir,
kesdirma o‘zing,
Unutmoq ustida bezdirma o‘zing.
Men sening ko‘nglingda hayot og‘ochi,
Xotirasi shirin, hoziri achchiq —
Xijronli kunlarda azobingdir u,
Sop-sorig‘ yaproqoi kitobingdir u.
Qaydan bu og‘ochga kuzak to‘lajak,
Shirin xotiralar xazon bo‘lajak.
Seni yig‘latajak bor kuzi ila,
Seni sovutajak sal muzi ila.
So‘ngra asta-asta ko‘karajaksan,
Keyin bu qishga ham o‘rganajaksan…
Daraxtning ildizin olmagin yulib,
U sening ko‘nglingda butoq-butoqdir.
Eh, unutmoq bo‘lsa ne borki, gulim,
Dard ham unutmog‘i bajarmaslikdir.
Bajara olmassan bezma o‘zingni,
Bu daraxt o‘zingsan,
kesma o‘zingni…

* * *

Go‘ng kabi bir chechak bitib yonimda,
Uni hidlab, uzib tashlamog‘im yo‘q.
Qolmisham,
hijron-la o‘z gumonimda,
Nafas olmog‘im bor,
yashamog‘im yo‘q.

Bir sevgi o‘chog‘i yonimda yonar,
O‘ti o‘zganiki, tutuni manim.
Umidga uzgangan qo‘llarim do‘nar,
Boshimdan yo‘qolmas qaro tumanim.

Bir sevgi bulog‘i yonimda paydo,
Tashna til-dudog‘im, yuta bilmayman.
Visol-la oramiz bir qadam, ammo
Aslo bu qadamni ota bilmayman.

Endi esa qismat bo‘lmayajakdir,
Eh, bu ne gul-chechak, bu ne o‘choqdir?!
Go‘yo ko‘z dog‘ida dog‘lanib axir, —
Qismat sitam berar bizga birma-bir,
Biriga sevgining olqishi tushib,
Biriga qismatning qarg‘ishi tushib…

Noyabr, 1983 yil.

Ozar tilidan Rahmat Bobojon tarjimasi

IKKIMIZGA

Qolmadi bir umid, bir tuman yeri,
O‘yildi siynamning u hijron yeri.
Dunyoning eng g‘arib, charchagan yeri,
Sening kelmas joying makondir menga.

Qandayam yashaymiz, kelish-ketishsiz,
Bu dunyo o‘tmaydi o‘lim-o‘timsiz,
Alloh, bu koinot muhabbatimsiz,
Nelarga qorishiq jahondir menga.

Bilmadik qadrini, o‘tkazdik yoshni,
Alloh berganiga chimirdik qoshni.
Men isyon qilmayman, tangriga qarshi,
Bu zulm tangridan isyondir menga.

Siyrakdir samoda turnalar safi,
Yomondur ahvoli, buzildi kayfi,
Aldablar yuborgan bu dunyo uyi,
Ayvoni naqshli tumandir menga.

Zamonning aylangan charxiga boqdim,
Kechani keltirib yaqinga boqdim,
Tolehim, qismatim, umrga boqdim,
Gardishi davrondan ayondir menga.

Bu yerning toqidir, u ko‘kning tagi,
Olmas yolvorishni, bermas so‘rog‘i,
Ko‘zga ko‘rinmaydir g‘aybning dudog‘i,
Bir yoirni aytadi, qachondir menga.

* * *

Bu qanday sevgidir, ishqning gavhari,
Qonimga, jonimga jinoyat aflar.

Fuzuliy so‘zidek Kuyi-bor vatan,
Ko‘nglim bu vatanni ziyorat aylar.

Oyatul-Kursining ucholganiday,
Tangrim har duomni gul oyat aylar.

Ko‘nglim san tarafdan orqada bo‘lsa,
Butun hijronlarni nihoyat aylar.

Hali ilk sevgida, qiyomim qolib,
Qiyomatga qadar qiyomat aylar.

Mening tabassumim mehrimdan kelar,
Senga qayta-qayta shikoyat aylar.

Kurrayi-orzumiz ishq olamidir,
Uchib ko‘ngil qushi, sayohat aylar.

Musa, muhabbating xalq dargohidir,
Mani ishq yo‘liga hidoyat aylar.

KUZ TURNASI

Kuz turnasi uchib ketding,
Bir kun qaytib kelasanmi?
Sen kelganda men bo‘lmasam,
Ruhim bilan kularsanmi?

Ey, bizlardan toza vujud,
Ko‘nglimni oldda uchir.
Ering hazon, ko‘king bulut,
Mahzun-mahzun bo‘larsanmi?

Ey, har joydan shakar totgan,
Bulutga bosh qo‘yib yotgan,
Man qanotsiz piyodadan,
Turib tilak tilarsanmi?

Na bir manzil topdik boshga,
Na kun ko‘rdik kelsin hushga,
Hech qo‘sharmi ichmas qo‘shga,
Tanho ichgan bir sensanmi?

U ne istar tag‘in mendan,
Ketibdi u xafa mendan,
Ey, otin tezlagan mendan,
Bir yaxshi so‘z so‘zlaysanmi?

Azamat mehri dunyoning,
Ta’ma yo‘q g‘ayri dunyoning,
Yo‘llari ayri dunyoning,
O‘tish yo‘lin bilarsanmi?!

* * *

O‘lanim o‘tdi-ketdi,
Qolgan kunim sen yasha.
Bu dunyo ayriliqdir,
Ayriliq boshdan-boshga.

* * *

Qaysi yerda, qaysi tildan,
Qayda shirin so‘z eshitsang,
Bil, u shirin so‘z meniki.
Kim mehribon boqsa sanga
Bil u mehr ham meniki,
Sanga boqqan ko‘z meniki.

NEGA KELMAYSAN?

Bog‘larni so‘ldirib, to‘kib bargini,
Yana yerga solib yaproqlarini,
So‘ldirib u qizil yanoqlarini,
Qish bo‘lib bostirib nega kelmaysan?

Ismingdagi xonim-xatini manga,
Bermading o‘z shohlik taxtini manga,
Qo‘ymading gul-chechak vaqtini manga,
Qish bo‘lib ustimga nega kelmaysan?

Hasratingda kuydim ilk bahoringga,
Endi kelib mani yodga soldimi,
So‘zingning olovi o‘zgalaringga,
Sochingning qirovi manga qoldimi?
Qish bo‘lib ustimga nega kelmaysan?

Go‘zallik-naylading u baxshishini,
Kelmaysan, boshqaga baxsh etding uni?
Bilmading tolening aylanishini,
Qaytara bilmadim, na bilding buni?
Bilmading man bir u yuragi kavrak,
Ayollar bahsida muteman, lolman.
Bilmading hasrating mani yeyajak,
Bilmading saningchun kesilgan yo‘lman.
Kish bo‘lib bostirib nega kelmaysan? . .

Yig‘lagan qalbimni sovutmadimmi,
Injiq yuragimni ovutmadimmi? . .
Takabburli xonim, o nozli xonim,
Yo‘q, yo‘q, yolvorishdan saqlagil olloh.
Bu yoziq boqishdan saqla gil olloh.
Dil yaxshi, bu dilni bir pandni saqla,
Tilingni oldida u qandni saqla.
Kuching bor-kechani qaytar, so‘roqla,
Qish bo‘lib bostirib nega kelmaysan? . .
Ne deding? . . Oh, bu na yog‘duli so‘zdir!
Bir degan, ko‘zingda bu na turondir…
Oh, maning yuragim na ikki yuzli,
Viqorimni qanday yerga urgandi!-
Bajara olmadim, o‘zimga, hayf!
Qish bo‘lib ustimga nega kelmaysan…

BO‘LURMAN BIR DALLI SEVGIDAN O‘TRU

Omadsiz yo‘llarda omadlantirgan,
Toshning qoyasini chiniqlantirgan,
Otashida ohano toshin yondirgan,
Bo‘laman bir dalli sevgidan o‘tru.

A’lo ichmoq uchug qo‘yilmas bo‘lgan,
Boqqanda ko‘z yoshday quyilmas bo‘lgpn,
Sehrli savdodan ayrilmas bo‘lgan,
Bo‘laman bir dalli sevgidan o‘tru.

Bu quvonch so‘nginchi nafasga qadar,
So‘ngi kun, so‘nggi on, so‘ng so‘zga qadar,
Qalb-qalbga, qo‘l-qo‘lga, ko‘z-ko‘zga qadar,
Bo‘laman bir dalli sevgidan o‘tru.

Na sarhad, na bir had na qonun qolgan,
Qo‘lda tandir-tandir quchog‘i qolgan,
Siyna tashindagi o‘chog‘i yongan,
Bo‘laman bir dallt sevgidan o‘tru.

Suvda ham, o‘tda ham yashagan bilan,
Eng qiyin azobni tashigpn bilag,
Bo‘laman bir dalli sevgidan o‘tru.

Fuzuliy aytadi, kuyi bor vatan,
Egiz butoq kabi qovushgan badan,
O‘zgacha guvrangan, kesilgan bu tan,
Bo‘laman bir dalli sevgiga vatan.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi