Marvarid Dilboziy Poshsha qizi (Mirvarid Paşa qızı Dilbazi) sermahsul shoira va tarjimondir. U Ozarbayjon adabiyotiga o‘z asarlari bilan salmoqli hissa qo‘shgan. 1934 yil Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Ozarbayjonning birinchi xalq shoirasi (1979 yil), (1986 yil) Davlat mukofoti sohibasi. Uning she’rlari dunyo tillariga tarjima qilingan.
* * *
Gulman, sansiz hazon o‘lsam,
Shanman, man bag‘ri qon o‘lsam,
Man ham bir kun to‘fon o‘lsam,
Hazin saslim, xush nafaslim,
Etishmasmi hazon faslim?!
O‘tman, o‘chsam, kulga do‘nsam,
Olovman porillab so‘nsam,
Oson suzsam, qiyin cho‘ksam,
Hazin saslim, xush nafaslim,
Kelmasmikin hazon faslim.
Bor eding, bor bo‘ldim men ham,
Chechaklarning ishqi sanda.
Muhabbatim, quyosh nurim,
So‘zi bol, qalbi billurim,
Hazin sa’lim, xush nafaslim,
Kelsang, kelar bahor faslim!
* * *
Sen- qahqaha,
Men- ko‘z yoshi.
Qaydasan ko‘nglim sirdoshi?
To‘fonlidir umr qishi.
Sen kul!
Men kulishni bilmam!
Shodlik ichida bu olam,
Nadir ko‘nglimdagi bu g‘am?
Naylayinki men baxti kam,
Dard ne bilmam hamon.
G‘am egdi mag‘rur boshimni,
Topmadim sirdoshimni,
Selga aylangan yoshimni,
O‘zimdan ayro bilmasman.
Sahroda o‘sgan bir gulman,
Fasli quruq o‘tgan yilman,
Istaydurman sansiz o‘lsam,
Naylayin o‘la bilmasman…
KEL
Qirq ochar, eshik ochmas,
Qirq qanotda qush uchmas.
Yigit zoti dordan qochmas,
Kel quyunim, to‘zonim kel.
Tarlon eding, bo‘lmagin sor,
Qo‘nmoq bo‘lsang cho‘qqi ham qor.
Omon berma gul bo‘lsa xor,
Kel, dunyoni kezganim kel!
Kirdim hijron yotog‘iga,
To‘zdim yillar sanog‘ida,
Kel, ey so‘lg‘in yonog‘imga,
Marvaridlar terganim kel!
MARVARID
Moviy ummondan ayrilgan,
Marvarid- hijron toshidir.
Intizor va yuragi qon,
Bir go‘zalning ko‘z yoshidir.
Sadafdan ayrilgan u dur,
Uningchun shunday g‘amlidir.
Tokaygacha ayriliqdur,
Hasratning damlaridir.
Maning bu baxtimni bilib,
Marvarid ot qo‘ygan onam.
Bir inja durman, ayrildim,
Men ham u moviy ummondan.
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi