Maorif Sulton (1956)

Maorif Sulton (Maarif Soltan) 1956 yil 10 aprelda Ozarbayjonning Ismoyilli tumanida muallim oilasida tug‘ilgan. Shoir, tarjimon, publitsist. Ozarboyjon yozuvchilar birligi a’zosi.
1979-1984 yillarda Moskvadagi M. Gorkiy nomli adabiyoti institutini tamomlagan. She’rlari jahon tillariga tarjima qilingan. Jahon adabiyotidan ozar tiliga tarjimalar qilgan.

SENSIZLIK

Bu moviylikda dengiz,
bu holda dengiz yetim, kimsasiz…
Bo‘m-bo‘shdir sansiz,
bo‘m-bo‘shdir sensiz…
Ming mil uzoqlardan
tuyursanmi,
his etursanmi
qanday chayqalanur,
qanday jonlanur?
Ming yil uzoqlardan
ko‘rarman sani…
San qanchabo‘m- bo‘sh sohilda
Ko‘ryapsanmi mani?

* * *

Nafasingdan ayirib,
bir oz menga yubor-
sensiz axolishga ruhimni
sarinlatmoqqa.
Ko‘z yoshlaringdan
bir ozda yubor-
otining yondirgani
dudoqlarimga surtib sani so‘roqlab-so‘roqlab
olisga ketmoqqa.
Tabassumingdan
bir oz umid yubor,
qo‘limni uzatib sanga yetmoqqa…
Bularni qo‘ymasang
qo‘llaringdan
bir oz toqat yubor-
intizor etmoqqa.

* * *

Sani chizaman…
Yuzingni o‘xshataman,
Ko‘zingni o‘xshataman,
O‘zingni o‘xshataman.
Qo‘lingni- o’g‘ingni,
Ollashgan yanog‘ingni,
O‘t bo‘lgan dudog‘ingni,
Qoshingni o‘xshataman.
Yoshingni o‘xshataman.
Hasratingni chekaman…
Sani chizaman…
Qalbingni chizaman…
Qalbingdagi mansizlikni,
Hayotimdagi sansizlikni chizaman…
O‘xshata oldimmi?..

* * *

Qandaysan? – deb so‘raysan.
Bilarmidim qandayam?
Qachonlar o‘zimdan yo‘q xabarim…
Bir qorong‘u kechayam,
Otmagan tong, saharim.
Qorong‘ida o‘zimni qanday ko‘ray,
Ko‘zguga boqaman-yo‘qmanku qanday ko‘ray.
Bo‘g‘zimga tiqilgan qaxrim ham udir bilmadim…
Uzimni unutdim, sani unuta bilmadim…

* * *

Qiynalib chiqarsan hasrat ichidan,
To‘kilur hasratim oyoqlaringga.
Nurga, saodatga chevrilaman man,
Qonaman u go‘zal dudoqlaringga.

Baxtiyor, baxtiyor kulimsiraysan…
Tutaman qo‘lingni hovuchlarimda.
Biroz yonoqlaring so‘lib aytasan,
Sochlaring anchaga uzaygan ammo.

Yana sahardanoq qabariq oyoq,
Saodat to‘kilur saning ko‘zingdan.
Ilohim, ko‘rasan man sandan uzoq,
Qancha yashayapman bu yer yuzida?!

Tayanib ko‘p yaqin-nafas-nafasga,
Qo‘lingga, ko‘zingga boqarman a’lo.
Kulib hazillarla deysanki nash’a,
Bo‘g‘aman so‘zlarni bo‘salarim-la.

… So‘ngra tong otadi- uyg‘onar hamma…
Maning vujudimda yonar bir olov.
Yana sandan manga dil to‘la sog‘inch,
Birgina quvonchli tushlar qolajak.

* * *

Balki biz bir bora, ko‘risholmadik,
Oramizga tushdi yomon ayriliq.
Ayrilib samoda ko‘rishsak dedik,
Dunyo ucharmidi ayrilmasaydik.

Bu ham bir qismatdir tushga aylandi,
O‘ngimiz – uchmoqlik, ortimiz qayga.
Shonli kunlarimiz qushga aylandi,
Uchur charx urgancha, uchur orqaga…

Endi yolvorsam gar, tolma deding san.
Umr boshga solur, umr yoridir.
Biz yaralgan esak, bir-birimizchun,
Nega yo‘llarimiz ayri-ayridir?

Iztiroblar chekib yo‘lingda turdim,
Shunda, o‘z yo‘lingdan, qolma deding san.
Bir vaqt, toleimni qo‘ldan chiqarib,
Umr boshga solur, umr yoridir.
Biz yaralgan esak, bir-birimizchun,
Nega yo‘llarimiz ayri-ayridir?

Iztiroblar chekib yo‘lingda turdim,
Shunda, o‘z yo‘lingdan, qolma deding san.
Bir vaqt, toleimni qo‘ldan chiqarib,
Endi yolvorsam gar, tolma deding san.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi