Ozarbayjonning taniqli shoirasi Kamola Og‘ayeva (Kəmalə Ağayeva Ağa qızı) Naxchivon shahrida tug‘ilgan. Go‘zal she’rlar bilan birga 18 ta drama asarini yaratgan. 22 she’riy kitobi bosilgan. 200 dan ortiq pubitsistik asarlari chop etilgan.
Bokuda yashab ijod etgan shoira Ozarbayjon inja san’atida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi edi. U 2019 yilda vafot etdi.
OLQISh
Kundan-kunga go‘zallashgan Bakumiz,
Gullayverar, bo‘lar gulshan Bakumiz.
Go‘zal Bakumizning hayroniman man,
Unga bezak bergan qo‘llarga olqish.
Gullar ham ochilib ayladi gulshan,
Chechaklargag‘olqish, gullarga olqish.
Hazorim oynadir gul jamolingga,
Sevinar yuragim har visolingga.
Qizil yulduzingga, zar hilolingga,
Bayroqlar qoldiran qo‘llarga olqish.
Nurlidir yo‘llari-yo‘llar ichinda,
Go‘zaldir so‘nasi ko‘llar ichinda,
Azizdir rahbari ellar ichinda,
Uni vasf aylagan dillarga olqish.
Quchar vatanimni so‘zila ko‘nglim,
Faxr etar yurtimning o‘zila ko‘nglim,
Ko‘rur haq yo‘lini ko‘zila ko‘nglim,
Tonglarga eltuvchi yo‘llarga olqish!
EY DO‘ST
Ey, do‘st qirma bir kimsani,
Ko‘ngil olmoq oson emas.
Sahovatli bo‘l ayla ki,
Har berganing ehson emas.
Elga yig‘lab, elga kulki,
Bo‘lsin barobar bu bo‘lki,
Bir bor, ey do‘st, buni bilki,
Har ko‘z yoshi nayson emas.
Sen har gulni dastalama,
Ag‘yoringga qasd aylama,
Sen har kasni do‘st aylama,
Har ko‘rganing inson emas!
XAYoL BO‘LDI
Men ismini so‘ylamayman,
U bor ekan xayol bo‘ldi.
Yuragimni yoqdi bu g‘am,
Umr yarim malol bo‘ldi.
Ketdi bir bor to‘nmayajak,
Bu yonishlar so‘nmayajak,
Ko‘ngil usiz tinmayajak,
Sokin yana, u lol bo‘ldi.
Endi yo‘qman g‘am ichida,
Hech alam yo‘q g‘am ichida,
Uni asrayman ichimda,
Sanayman ki, visol bo‘ldi.
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi