Ilg‘or Turko‘g‘li (İlqar Türkoğlu) 1962 yilda Ozarboyjonning Gadabey rayonida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli, huquqshunos va shoir, publitsist, tarjimon. Tarjima asarlari, maqola va she’riy asarlari Ozarbayjon va xorijiy mamlakatlarda chop etilgan. Ozarbayjon yozuvchilar, Turkiya yozarlar, Iroq turkmanlari yozuvchilar birligi a’zolaridir. Turkiya (Chukurova, Adana) adabiyotchilar festivallarining faxriy rahbari.
ISTAYuR
Isming tushmas lablarimdan,
Ko‘nglim yana noz istayur.
Xazon atri kaftlarimda,
Qizimoqqa yoz istayur.
Maktublarim dasta-dasta,
Sog‘ayarmi-ko‘nglim xasta?
Bir shahlo ko‘z sanam usta,
Qaramoqqa ko‘z istayur.
Bulut tutib goh yuzini,
Ochib tashlar oy yuzini.
Oqshom-sahar gul yuzini
Ko‘rmoq uchun ko‘z istayur.
Umr to‘nin bichdim yarim,
Sharobni ham ichdim yarim,
“Ellik” yoshni kechdim yarim,
Visol umri yuz istayur.
Pir ishqimni pirda saqla,
Bu savdomni sirda saqla,
Yo‘ldan yana birda saqla,
Ilg‘or hali do‘st istayur.
DO‘STLARIM
Azaldan istagim yechimi bilan,
Qonimda qaynagan, yana do‘stlarim.
Umrimning davomi, bichimi bilan,
Toza bir ruh berar sanga do‘stlarim.
Ko‘ngilsiz navosi o‘tmas dunyoning,
Olimi-fozili yitmas dunyoning,
Ishqi-muhabbati bitmas dunyoning,
Yarim davlatimdir, sanga do‘stlarim.
Yaxshiga yaxshi de, sira ko‘z yumma,
Nomarddan, nokasdan panoh so‘rama,
Minnat qo‘ya bilmas hech kim bo‘ynima,
Ko‘pdan sindim, yakka xona do‘stlarim.
Orzu ham, istak ham, tilakdan o‘tar,
Baxilning niyati, alakdan o‘tar.
Sinamoq istasang, elakdan o‘tar,
Egilmas shuhratim sizga, do‘stlarim.
Turk o‘g‘li yo‘lida tuzoq istamas,
Qalbida yoz bo‘ltsr, ayoz istamas,
Ko‘zining ustidan uzoq istamas,
Bir ko‘ngil uyimga keling, do‘stlarim.
ChANOQQAL’AM
Tizilibdi, safi balli turnalar,
Beshdir, o‘ndir, balki ellik turnalar.
Samolarda uchgan telli turnalar,
Vatan deya, bir bosh eging bizlarga,
Chanoqqal’am, salom bo‘lsin Sizlarga.
Oyoqdadir, yana Turon yellari,
Har toshida qaror turop tellari,
Otaturkning yashar zafar yillari,
Vurg‘un bo‘ldim, necha sonli izlarga,
Chanoqqal’am, salom bo‘lsin Sizlarga!
Turk buyukdir, u hech qisilmas deding,
Vatan birdir, Ona sochilmas deding,
Dushmaniga qayta egilmas deding,
Yolg‘iz jonla yolg‘iz qolgan yuzlarga,
Chanoqqal’am, salom bo‘lsin Sizlarga!
Turnalarim qator-qator ucharsiz,
Yog‘iylarga gunoh orsiz, siz orsiz,
Har dog‘ini, har gulini qucharsiz,
Lola-nargiz qo‘l uzatar tizlarga,
Chanoqqal’am, salom bo‘lsin Sizlarga!
Samolarda mag‘rur uchgan turnalar,
Ko‘zlarimdan o‘tar qachon turnalar,
Yana u diyorga ko‘chgan turnalar,
Sevinch keltir, yo‘lda qolgan ko‘zlarga,
Chanoqqal’am, salom bo‘lsin Sizlarga!
Turk o‘g‘liman, tarixingda bor otim,
To‘ygunchadir orzum, kamim, murodim.
Xabar olib do‘stlarimga qaradim,
Quchoq ochib, sevinurman izlarga,
Chanoqqal’am, salom bo‘lsin Sizlarga!
TUShDIM
Ishkin xijron olovina,
Karam qilmay manda tushdim.
Bu bog‘larni keza—keza,
Bir go‘zalga bandi tushdim.
Muhabbatin ko‘z—azali,
Sof ishqimning do‘st azali,
Ko‘rmak uchun bir go‘zalni,
Dara—tepa, kanda tushdim.
Ko‘nglim uchib, xey, uzoqqa,
Yana qo‘nar, xuv butoqqa.
Ko‘plab yozdim, o‘ng-so‘l yoqqa,
Bir savdoga tanda tushdim.
Olislarda yodga solib,
Yuragimni o‘tga solib,
O‘tdan olib suvga solib,
Anglamadim, tanda tushdim.
So‘z kor etmas bu zolima,
Deyman, tushun yon holima,
Etolmadim visolina,
Xijron keldi.
BU HAM BIR SAVDO
Bu ham bir savdodir, gunohi bo‘lmas,
Bu ishqning o‘tiga tushib yonaman.
Otganim o‘yinni panohi bo‘lmas,
Man tole zaridan bitgan o‘yinman.
Bir o‘choq qalarsan yo‘lim ustiga,
Sog‘imdan kecharsan so‘lim ustiga,
Bu kecha yotarsan qo‘lim ustida,
Sochlari yuzimga tushsa uyg‘onay.
* * *
Goh yelaman, gohda bezib savaqda,
Qanday sevding bu turishda san mani?
Shuhrat uchun chalisharlar oyoqdan,
Bir odilga ishonmadim sahnani.
Har havoga dayishmadim to‘nini,
Dudog‘ingdan sharob oqib, jom toshar.
Unutaman avvalini sungini,
Bizning sevgi ko‘p pardali tomosha.
Uyg‘otgandim sochlaringda oqshomni,
Vaqt… bilmiram ko‘rsatardi nechani.
Sigaramdir qorongulik oq shami,
Mast o‘lmisham icha-icha kechani.
O‘ni shishib bizdan o‘n beshi desin,
Istaganda so‘z o‘qini otibdir.
U yerda “yo‘ldoshi”, goh “eshi” desin,
Kimi telefondir, kimiadaptor.
Ko‘ringan to‘nkalar ketmasin xatar,
Qorong‘i ko‘chada yo‘limni to‘sdir.
Quyosh nurlarini sochganga qadar,
Ruhimni mash’aldek elingda kezdir.
* * *
Yana qochib toti-tami oshimning,
Yana kulmas u savdoyi boqishlar.
Acholmaydi jon tumani boshimning,
Qisinganda ko‘zlarimda yog‘ishlar.
Yo‘ldan ozdiradi, turfa shakilar,
Men kelganda qadahlarni dast ayla.
Kafelarda saqlan to‘kir soqilar,
Dudog‘ingning sharobida mast ayla.
Orada bir shipillatib ko‘rdilar,
Qisgan mani feysbukka, yutubda.
Qo‘y o‘ldirsin shartta-shurtta yurdilar,
Ko‘zi-qoshim dilingdagi xitobga.
Oyog‘ingga to‘kiladi gullarim,
Sevinchlarni ko‘zlaringdan ichirdim.
Sochlaring silar maning qo‘llarim,
Devorlarni yuragimdan kechirdim.
Qaydan bilay yuragimga san ovda.
Seva-seva yulduzlarni eladim,
O‘tgan deydi, bu tan deydi bu savdo,
Uzoqlardan o‘tib yaqin ayladim.
* * *
Tilingdan tushmagan “jon”da kezaman,
Kuy “Ay jonim manim” xitobga tushsin.
Savdomni bezagan shonda kezaman,
Ishqimiz shu “Qizil kitob”ga tushsin.
Erta kurishganda yordan kechirim,
Gunohi bo‘ynimda bashimga balo.
Qulog‘imni tutib kardan kechirim,
Bu tole uynida nasiyam balo.
San qirmizi lola, yo‘lim ustida,
Orqamda ko‘zlaring yoshga to‘lmasin.
Sochlaring yeyilsin qo‘lim ustida,
Karlvsiz qolmasin, o‘zi qolmasin.
Ko‘nglimni ovlamoq kimning bahsinda,
Sahna uchun kabi hali davoda.
Ikki she’rni yezdim saning sasingda,
Yarim oktavada, bir oktavada.
Bu ham bir savdodir, holi so‘ralmas,
Ruhda yashayverdik, ruhdan kechirdik.
Bu ketgan yo‘llarda umr zerikmas,
Odamdan kechirdik, Nuhdan kechirdik.
Tilingdan tushmagan “jon”da kezaman,
Kuy “Ay jonim manim” xitoba tushsin.
Savdomni bezagan shonda kezaman,
Ishqimiz “Kirmizi kitob”a tushsin.
* * *
Bu ham bir savdodir, uzun sabohda,
Saning jodularing ichimdan kechar.
Ruhimni ruhingdan ayirma yana,
Ikki yolg‘izlar ham bir jomdan kechar.
Tuydim niyatini qora qoshlaring,
Qo‘y ovutsin mani hayot bahslaring.
Yo‘llarga yo‘l olgan oyoq saslaring,
Siynamda solganing ko‘chamdan kechar.
Qara xolning har “vergul”in, har “va”ning,
Hayron bo‘lma bezab turur havoni.
Bilardim ki, azaliy shu guvohni,
Yo‘qla bir bor, mingda sochimdan kechir.
Jahlim chiqib ters kiyganda to‘nimni,
Netong degil bu savdoning so‘ngimi.
Talashmayman libosimni, to‘nimni,
Istayursan kesib, bichishdan kechir.
Tanitdim ichimni, bir oz so‘limni,
Bu ham azoblarning yangi bo‘limi.
Balki bu savdoyim hayot o‘limi,
Balki bu ayriliq ko‘chamdan kechar?!
Dilbar Haydarova tarjimasi