Farida Leman (1953)

Farida Leman (Fəridə Ləman) 1953 yil 26 noyabrda Qazax rayoni Kemerli qishlog‘ida tug‘ilgan.
U Ozarbayjon yozuvchilar birligi, Ozarbayjon jurnalistlar birligi a’zosi, filologiya fanlari doktori. 50 dan ortiq kitoblar muallifi, 1998-2013 yilga qadar mustaqil Ozarbayjon xotin-qizlar qurultoylari qatnashchisi.
Qator mukofotlar sohibasi, Ozarbayjonning vatanparvar shoirasi Farida Leman 2003 yildan buyon “Mexseti” jurnalining ta’sischisi va muharriridir.

AYoL VA BULBUL

Oh-ey, bulbul, gul vaqtidir,
Shirin-shirin dil vaqtidir.
Oh-ey, tole qara go‘zal,
Baxti qaro, qalbi yara,
Qorabog‘li qora go‘zal.

Vatansizlik og‘ir darddir,
Qalbim quroq, qat-qat bo‘lib.
Ko‘zim ko‘rmas hech bir ya’ni,
Yig‘lar ko‘nglim baobaxt bo‘lib.

Oh-ey, bulbul!
Bormi bundan ilojsiz dard,
Bu hasratdan, intizorlikdan,
Bormi mani qutqarar mard?!

O‘lurman man,
O‘limimni tilarman man,
Jon bozorda sevinaman.
Bu hasratlar bitsin yana,
Kafanimni kiyaman man.

Elga yetkaz salomimni,
Degil uchar qalbim sasi.
Vatan deya, hey, indadi,
Eshitilur oh-nolasi.

GULLAR

Nega go‘zalsiz-a, shunchalar bashang,
Bir-biridan go‘zal gullar-a, gullar.
Rangining, atrining farqi bilinmas,
Bir-biridan o‘zar gullar-a, gullar!

Diydorda bezaksiz, she’rda bezaksiz,
Ruhimning gul rangi, gullar-a, gullar.
Ko‘rmadim gul ko‘rib, hech yon ketganni,
So‘zimni anglagan gullar-a, gullar!

Sevgi mujdasisiz zarif qo‘llarda,
Zarif yuraklarda, zarif tillarda.
Goho maskaningiz olis cho‘llarda,
Nag‘mamni chaldingiz, gullar-a, gullar!

Ko‘ngilnnig ohangi, ohga o‘xsharsiz,
Xayf, ki, yuz ochib, tezda so‘larsiz.
Siz ham inson kabi o‘yga tolarsiz,
Sevgi elchilari gullar-a, gullar!

Oqingiz, olingiz, soringiz go‘zal,
Har kech gullayotgan oningiz go‘zal!
Ko‘hligim, atringiz, ta’mingiz go‘zal!
Ko‘nglimning suygani gullar-a, gullar!

Murodga yetishga bir boqish yetar,
O‘pib azizlagan gul naqshin bitar.
Har dilning tubida bitta gul yotar,
Sevgimning sevinchi gullar-a, gullar!

Ko‘nglim yayrab ketar sizga boqqanda,
Boshga ko‘nasiz-ey, sochga taqqanda.
Yurak jilvalanar atri tutganda,
Orzu-murodimsiz gullar-a, gullar!

ShUKR O‘LSUN

Hech vaqt mayl etmadim yora, davlatga,
Shukr etdim Allohga, har bir ne’matga.
Ko‘ngil ham bermadim yaltoq shuhratga,
Ming shukr, ey Alloh, shukr o‘lsin sanga!

Ozod yashaydirman, bir tilak sendan,
Hech zamon to‘xtamam duo etmakdan,
Nafasing tuyarman har sarin yeldan,
Shukr o‘lsun, ey Alloh, shukr o‘lsin sanga.

Vatan, sendan boshqa bormi yerimiz,
Fidodir jonimiz, bor-yo‘g‘imiz,
Har kun eshik ochar sevgi-mehrimiz,
Shukr o‘lsun, ey Alloh, shukr o‘lsin sanga.

Baland-past yo‘llarda qo‘ldan tutganim,
Mening ota yurtim, ona makonim.
Qora pardalarni yuzdan otganim,
Shukr o‘lsun, ey Alloh, shukr o‘lsin sanga.

Dardimga aytarga sirdoshim sensan,
Sevinchga qo‘l bergan bosh tojim sensan,
Ganjim, qo‘limdagi merosim sensan,
Shukr o‘lsun, ey Alloh, shukr o‘lsin sanga.

Uzatgan qo‘limni, kel, bo‘sh qaytarma,
Qalbimni g‘amlarga, yoshga botirma,
Dil Olloh deganda uxlab yotarmi,
Shukr o‘lsun, ey Alloh, shukr o‘lsin sanga.

EY, ZAFAR QO‘ShINI

Ey zafar qo‘shini,
jon milliy qo‘shin,
Qurbonman joningga
man Milliy qo‘shin,
Mujdalar keltirding, bu elga g‘oya,
Sasimiz yetibdi quyoshga, oyga!

Sensan zafarli chog‘im,
Sensan guliston bog‘im,
Ey cho‘qqim, baland tog‘im,
Ey jonim, Milliy qo‘shin!
Ey jonim, Milliy qo‘shin!

Quvvat, qo‘lingga quvvat,
Hayrondir senga millat.
Yo‘ling Turon yo‘lidir,
Ulug‘lardan ulug‘dir!

Sensan zafarlar chog‘im,
Sensan guliston bog‘im.
Eng baland, baland tog‘im,
Ey jonim, Milliy qo‘shin!
Ey shonim, Milliy qo‘shin!

Yovga berma omonlik,
Ur boshiga har zamon.
Kulsin tuprog‘ing yuzi-
Gullayversin Vataning,
Har qarichi, har yuzi!

Sansan zafarlar chog‘im,
Sansan gullagan bog‘im.
Ey baland, yuksak tog‘im-
Ey jonim, Milliy o‘rdum,
Esh shonim, Milliy qo‘shin!!!

XO‘JAYLINING NESI YaXShIYDI?!

Oqardi sochlari, oqardi qoshi,
Buyoqqa muxtojdir har oyning boshi,
Deydilar: Xo‘jayli vallah yaxshiydi,
Deyman: Xo‘jaylining nimasi yaxshi?!

Og‘zingda qolmagan bitta ham tishing,
Qo‘lingdan olinar vazifang, ishing.
Emoqqa xolvadan lozimdir tushun,
Deyman: Xo‘jaylining nimasi yaxshi?!

So‘zini tor olar, fikrini tuman,
Dunyoga, sabohga yugurar gumon,
Bu kundan saxarga qolmaydi in’om,
Deyman: Xo‘jaylining nimasi yaxshi?!

Ering ortiqmidi uyda, eshikda,
Xech kim turmaganmi sanga kechikda.
Ko‘rpani mengzaydi odam beshikda,
Deyman: Xo‘jaylining nimasi yaxshi?!

Oyog‘ing yaramas, joning so‘z tutmas,
Oz odam topilar xaqni unutmas,
Xo‘janing so‘zini ko‘p odam bilmas,
Deyin: Xo‘jaylining nasi yaxshidir.

Egilar qomating, egilar beling,
Ba’zida boshingda qolmas bir toling,
Sirini bilmadi xech kim bu fe’ling,
Deyin: Xo‘jaylining nasi yaxshidir.

Viqorli yuzinga do‘nar kulishing,
Ko‘zlarga ko‘rinmas zaxmating, ishing.
Anbarga tatiydi har bir qo‘l ishing,
Deyin: Xo‘jaylining nasi yaxshiydi?!

Ko‘chib bu dunyodan toylaring ketar,
Dolg‘adan tuzilib soylaring ketar,
Sasinga sas bergan “hay”laring ketar,
Deyin: Xo‘jaylining nasi yaxshidir.

Qiynarsan o‘zingni tag -tuging yo‘qdir,
Kamondan otilib, uchgan u o‘qdir,
Qolgan bir nafasdir, bir dog‘i ohdir,
Deyin, Xo‘jaylining nasi yaxshidir?!

Eshitmas so‘zini o‘g‘il uzoqda,
Belin tik tutadir qalin belbog‘da,
Jo‘mardlar so‘zida, qo‘yar yasaqda,
Deyman, Xo‘jaylining nasi yaxshiydi?!

Yurak gupirlaydi, umid kuchida,
O‘lib-tirilasan qorin ishqida,
Ust-boshing belanar, umring hushida,
Deyman, Xo‘jaylining nasi yaxshiydi?!

Bo‘yningda simsakler chiqar saqqivar,
Fikr tiziladi, yurak hayqirar.
Inson yo‘l ustida yomon dorixar,
Deyin, Xo‘jaylining nasi yaxshidir?!

Yo‘llarga tikilib ko‘zing charchagay,
Kunlar yaproq, yaproq tushib chirpirar
Qalbing olovlarda yonar qovrilar,
Deyin, Xo‘jaylining nasi yaxshidir?!

Hikmatli demaslar so‘zinga sani,
Ba’zan goh boqmaslar o‘zingga sani,
Yolg‘on deb bilarlar so‘zida sani,
Deyman, Xo‘jaylining nasi yaxshidir?!

Suallar ichinda yo‘lidan ozar,
Cho‘kar xey joningni ming jo‘ra bezar,
Har kech har so‘zingga bir doston yozar,
Deyin, Xo‘jaylining nasi yaxshidir?!

Adolat ko‘zlarsan avlod ushoqsan,
Navozish istarsan issiq quchoqdan,
Yana issiq kelmas uchgan uchoqdan,
Deyin, Xo‘jaylining nasi yaxshidir?!

Ferida, Xo‘jayli bo‘lib yozarsan,
Olgan-olmaganin bilib yozarsan,
Qo‘rqaman yozini bir kun buzarsan,
Deyman, Xo‘jaylining nasi yaxshidir?!

ONAM QAYDASAN

Yo‘llarning u boshida,
Tepalarning qoshida.
Kafti ko‘zga soyabon,
Hush orzu, hush nafasda.

Sabohning gul yuzida,
Oqshomning qarshisida
Ko‘zlaganim kaydasan,
-So‘zla, onam qaydasan.

Beklar qizim kimimdir,
Olov ko‘zni kimiman.

Yonib kulga do‘naman,
Yana men ham so‘naman.

Tongga oqshom orasi,
Yo‘lga, izga boqaman.
Goh kutganim yo‘q esa,
Goh tushimga boqaman.

Har ko‘rganda sevinib,
So‘z aytganim kaydasan?
-So‘zla, onam kaydasan.
Sansiz onam o‘zimni,

Juda kichik sanarman.
Kelmadim so‘ng nafasda,
Burchim kalma so‘zinga.
Tikanlar tizilmishdir,

Oyog‘imga, izimga.
Vasiyatim ol degan,
Yoz deganim kaydasan?
– So‘zla, onam kaydasan?!

Bu zolim hayot ila,
Bora olmadim, naylay?
Ichimdan o‘yilaman,
Asta-asta o‘laman.

Har kalima, so‘zingni,
Qo‘llab-qo‘llab to‘laman.
Bu hayot dengizida,
O‘z deganim qaydasan?

– So‘zla, onam kaydasan?!
Farida gurkirashi,
Avval boshdan binodan.
Ko‘zlarimning qorasi,

Dilimning xabaridan.
O‘lguncha jon ichimda,
Bir xasrat yarasisan.
Onaning yarashig‘i,
Qiz-deganim kaydasan?
– So‘yla, onam, qaydasan?

SEN KELMADING

Kuzday sarg‘aygan sevgim,
Firog‘ini otgandim senga,
Kalovlanib yo‘l oldi,
Sen kelmading…

Ammo seni kutaverdim,
Quyoshga ochganim panjaradek.
Ustidan ko‘p sovuq keldi
Sen kelmading…

Uyning devorlaridan oshdim,
Unga, so‘lga. .
Jonimni oldi hasrat,
Sen kelmading.

Fikring diyoridan
Oshdi mazmuni.
Bilmading dil so‘zimni,
Sen kelmading…

BU YuRT OZARBAYJONDIR

Ey do‘st oyoq bosmay tanib ol,
Bu yurt Ozarbayjondir-
Uning oti jondir,
Tomirimda qondir.
Qadim Qobusistondir,
Savalandi, shaxdamdir,
Boshi qorli qo‘chqordir.
Buloqlardan sir ololgan
Ko‘z yoshidir.
Dushmanga qarshi toshdir,
Boshdan balolar o‘tib,
Suvni shalolalar o‘pib,
Ta’qiblar o‘yishini,
Avlodlarning ko‘ksini.
Alam bilan o‘yiblar,
Bolalarni yetim qo‘yiblar.
Alg‘ov-dalg‘ov qilib
O‘g‘lini, qizini.
Zaxarlab cho‘liyu, qirini,
O‘g‘irlab o‘chog‘dan cho‘g‘ini.
Ko‘ksida yuz yillarning dog‘i qolib.
Yo‘lga chiqib yig‘layman,
Ko‘z yosh to‘kib yig‘layman.
Siynamda hasrat dog‘i
Yana boqib yig‘layman.
Oylar ketdi yil bo‘ldi,
Olov yonib kul bo‘ldi.
U gap bu gap demoqdan,
Qora xabar dil bo‘ldi.
Suvlar to‘xtamay oqar,
Sabo xabarsiz ochar.
Ko‘rganlarim u kunni,
Gunohi qachon ketar.
Jonim do‘stim quloq os,
Qalbimdadir kaliti,
Uzat qo‘llaringni och,
Ketadirman lochinim.
Ketib jonimdan jonim,
Ketibdi Kalbasarim,
Fuzuliy, Jabroilim,
Xo‘jalim qondilidir,
Shahidlarning qonlari,
Chamanlarning gulidir.
Yig‘lay qora yozimdir,
Qon yig‘lagan sozimdir.
Do‘stim so‘ylat san mani,
Qo‘y yuragim bo‘shalsin.
Ko‘zlarimning yoshidan,
Bulut kelib yosh olsin.
Bunda kelinlar borki,
Sochlaridan osilgan.
Necha nishonlik qizlar,
Qora kiyib o‘tdilar.
Bosh urib mozorlarga,
Sevgilisin atirini,
Qora tuproqdan izlar.
O‘g‘illarning o‘limi,
Bukdi bellarimizni.
Noxaq otilgan toshlar,
Ezdi dillarimizni.
Darddan horgan bo‘lsak-da,
Fojealar ko‘rsak-da,
Sinmaydi irodamiz.
Bir oz o‘tgandan keyin,
Dardlarimiz ko‘tarib,
Mardlarga aylanamiz.
Dard alamlar chekmasak,
Sevinchlarni qadrini,
Do‘st-yorni bilarmidik.
“Bu yurt Ilhom yurtidir
Bizga olloh tuhfasi
Jonimizdagi jondir!
Dunyoning mehvarida
Yashnar Ozarbayjondir!”

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi