Kurt Folch (1970)

Kurt Folch (Kurt Folch) — ispan shoiri.
Chilining Valparaiso shahrida tug‘ilgan. Chili universitetida ta’lim olgan.
Premio Municipal de Poesía 2003 tanlovi g‘olibi.

TONG

Yorug‘lik. G‘ubor
oqayotib
sayraydi

xiralik; dengiz o‘tlari
quyoshning burchaklarida

deraza rahlaridan o‘tib
etib kelar u
sochlaringgacha

hasharotlar ini
to‘zib ketadi
bolishnnig ustida.

DEYaRLI UNUMSIZ TUPROQ

So‘ngsiz yozning naq o‘rtasida
devorning soyasiga
mixlandi. So‘ngra
kirib keldi jimjitlik
avval og‘izga,
keyin quloqqa.
shunday davom etdi
kunba-kun

lojuvard osmonning
ostida
bitta tomchisisiz
shamolning.

OShIQ-MA’ShUQ

Qurbonlikka so‘yilgan hayvon.

Aniq, havo qo‘ng‘irog‘i
jarangladi (tong shamoli qo‘zg‘atdi) – tavakkaliga
qaydlarini kengaytirib (ruh shaharning)
tokzorlar ostida

xotimadan oldin kelar makonda
halokatga uchragan saraton — :

Tushkunlik

qon chuqur jomlarga to‘ladi
oqib tushaverar yonidan.

Yuz

boshqalardan ayri yuvilgan
ham qaytarib olingan keyin

muloyimgina

nurning ko‘lmaklari o‘ralar
limon shoxlarining oralig‘ida

xuddi yaralmishday.

Ergashgan bir odatiy izdir:
burda-burda qiling, ajrating, so‘ng yeng.
Qolgan-qutganlari itlarning rizqi.

A’zam Obidov tarjimasi