Sposmanite Myayle (1965)

Sposmanite Myayle — litva shoirasi, yozuvchi. 1965 yili Litvada tug‘ilgan. Hozir Daniyada yashaydi.

* * *

Uyga qaytib kelar
eng olis yo‘lni
izlab yo‘lga chiqdim
Suvratlar orqali bilaman
Shaharlik afsonalarni
Bir-biriga o‘xshash bayramlar
O‘ngiga aylangan tushlar
Jo‘mraklarda o‘ynagan suvlar
Nurli ayollar
Vaqt hech vaqt
O‘zgartirmas qiyofasini
Tunning orqasidan
Oyoq qo‘yar kun
Hali topishim shart
Uyga olib qaytar eng uzun yo‘lni

Rus tilidan Go‘zal Begim tarjimasi