Shin Kyong-nim (1936)

Shin Kyong-nim (신경림) “Qishloq dehqonlari raqsi” (1975), “Yo‘l” (1991) va boshqa she’riy to‘plamlar muallifi. Bir qator milliy mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

QAMISh

Anchadan buyon qamish
yig‘lar jimgina.
Tunlardan bir tun qamish
tanida titroq tuydi.

Va bunga na yel, na oy nuri edi aybdor.
Qamish bilmasdi biroq, bu tan titrog‘i
sassiz yig‘i ekanin
hamda
hayot – aslida beun
o‘z holiga yig‘lamoqligin.

Rus tilidan Shermurod Subhon tarjimasi