Zakiy Ali (1943)

Zakiy Ali (Zeki Ali) 1943 yili Kiprning Larnaka shahrida tug‘ilgan. Nikosia turk litseyini bitirgan. 1974 yili Kanadaga ko‘chgan. U yerda yozgan asarlarini “Yo‘lchi qush” deb nomlagan. Kiprga qaytganidan so‘ng “Ro‘zg‘or qasidalari” (1994), “Zamonsizlik” (2016) kitoblari chop etilgan.

MUHR

Ishq muhrin o‘g‘irlab olib qochadir
er ostiga ishqning chumolilari.

Ishq ohlarin olib uchadir
Ko‘kyuzining ul ters yuziga
Sevgimizning qaldirg‘ochlari.

Sevishimiz tugab-bitarkan,
hech bir narsa qolmas orqada.

Yurak o‘ynab, kattaytiramiz
yangidan oh-vohlarimizni,
ursak deb muhrlarimizni,
bo‘sh sahifa izlay boshlarmiz.

Chumolilar tovushsiz kular.
Qaldirg‘ochlar biz bilan birga
beriladir o‘yga, xotirga…

Turkchadan Tohir Qahhor tarjimasi