Patrik Leyn (1939)

Patrik Leyn (Patrick Lane) – shoir, dramaturg, essenavis. 1966 yil ilk she’riy to‘plami – “Yovvoyi odamning xatlari” nashr bo‘lgunicha ko‘plab kasblarda ishlagan, yog‘och kesgan, qurilishda, tibbiyot sohasida xizmat qilgan, hisobchilik qilgan. 1978 yil nashr qilingan “Tanlangan she’rlar” to‘plami Kanada General-gubernatorining mukofotiga sazovor bo‘ldi. Pesalarining biri AQSh radiosining Milliy mukofoti bilan taqdirlangan.

QUYoSh BAZMI

Samo chang-g‘uborin ichar qarag‘ay
qishloqda mo‘ysafid
ko‘zlari qartaygan
o‘lim juda yaqin
yo‘li uning bo‘yraga qadar.

Toshlar qirmiz rangda nafas oladi
po‘stloqlarin tozalab
daraxtzorni emlar
shayton gurzisi bu bahor
u o‘limni boshdan o‘tkazar.

Kun taxtidan tusha boshlaydi
qushlar yo‘qotadi ovozin.
jimman, tikilaman uzoq shaharga.
Hammasini
boshidan gapir.

O‘lim oldidan
javob berasanmi
boshlanishi qay ko‘rinishda qara
osmon ko‘zi yoshli odimlar ayol.

Yupqalanib borar quyosh nedandir
tog‘lar yerga haydalganida
dunyo – yapaloq, qatlama kabi
yolg‘izlikda bug‘lanar burgut
osmon sochpopukin uzadi
qanotlari bilan chiziqlar chizib.

Go‘zal Begim tarjimasi