“Etti yuz she’r” kitobidan
* * *
Qop-qora kechada zangori qabo
Ostidan oq ko‘ksing porladi nogoh,
Bulutlar qo‘ynidan yalt etib go‘yo
Ko‘ringandek bo‘ldi oltin yuzli moh.
* * *
G‘amlar aro,tashvish,quvonchlar aro
Odamlar qariydi,sevgi qarimas:
Oshiq o‘lgandayam bo‘lmagay fano,
Tirigida o‘lik – qaysi dil sevmas.
* * *
Men ishqimni yashirar edim
Qo‘ldan kelsa… Ammo, netay man:
Gulga kirgan daraxtdek endi
Men baxtimni yashirolmayman.
Xurshid Davron tarjimalari