Vishvanath Prasad Tivariy (1940)

Vishvanath Prasad Tivariy – hind shoiri, essenaviy, adabiy tanqidchi.

BIZLAR ShUNAQA EDIK

Bug‘doy nazdida-ku edi nomimiz, ammo
Bizlar lol turaverdik.
Oq tan kishilardan titrar edi qishloqlar,
Bizlar lol turaverdik.
Bahri muhitdan to‘fon bostirib keldi, biroq
Bizlar lol turaverdik.
Vulqon otildi ustma-ust,
Bizlar lol turaverdik.
Bulutlar yomg‘ir emas, olov yog‘dirdi yakkash,
Bizlar lol turaverdik.
Jallod qindan qilichin sug‘urdi,
Bizlar lol turaverdik.
Bizlar qanaqa odamlar edik asti?
“Gapiraver, erkinsan”, dedi, ammo
Bizlar lol qolaverdik.

Hindiychadan Amir Fayzulla tarjimasi