Alka Sinh

OShIQ KO‘KLAM

Quchog‘ing to‘ldirib,
Bo‘libman bir guldasta
Quyoshdan hino surib,
Erlar qizardi asta.

Havoga purkab atir
Ajib suvrat chekmishsan.
Mayna ham bo‘lmish asir.
Do‘stim, ne kor etmishsan?

Oyog‘ingda pozeblar
Taratar turli sado.
Borliq sendan rang tilar,
Kuy tilar misli gado.

Muhabbat kuyi bot-bot
Chorlaydi: “Kel yonimga!
Ayni ko‘klam chog‘i o‘t —
Tushdi shirin jonimga!”

Ajib manzar chor atrof:
G‘unchalar otar xanda.
Oshiq ko‘klam zinhor sof
Ishqini etmas kanda.

Hindiychadan Amir Fayzulla tarjimasi