* * *
Dengiz sohilida yotgan ko‘zaman.
Noma’lum bir sirdir – qaydan kelganim.
Qorachiqda aks etgan tiniq soyaman,
Tasodif kuzatgum soyalar naqshin.
Men – soyaman, lek quyoshdan paydo bo‘lgan,
Men ustixonsiz va yalqov, go‘yoki
Men shu dengizga hayotimni ishongan,
Va qumda turibman – gunohkor kabi.
Men jimlikman, suyub qolgan samoni,
Men xayolman, xayol esa beparvodir…
Va tush ko‘rar yana sohil sohilni
Nur dengizga so‘nibdi, suv esa qora.
* * *
Qiziq, tund kun azondan
Ko‘lanka, qayga ketding?
Garchi sen kecha go‘yo
Quyoshda aks etganding…
Bor quvonchu azoblar
Maqsad uchun yo‘l axir,
Barin unut – zafarlar
Soyada yo‘q bo‘lar bir-bir…
Vaqtni qaytarib bo‘lmas,
Nafasing qaytar hayhot,
Hayot bitar tomchilab –
Va so‘ngida yog‘och ot.
Rus tilidan Davron Rajab tarjimasi