Peyo Yavorov (haqiqiy ismi — Peyo Totev Kracholov; 1 yanvar 1878, Chirpan — 29 oktyabr 1914, Sofiya) — bolgar shoiri, bolgar adabiyotida simvolizmning asoschilaridan biri. “Bedorlik”, “Bulutlar soyasi izidan” she’riy to‘plamlari, “Dalada”, “Jala” poemalari muallifi. Dramaturgiya sohasida ham qalam tebratgan.
SOHIRA
Qalbim — qalbing asirga olgan
Itoatkor quldir,umrbod
Ko‘zlaringga termulib qolgan…
Duo qilar, yolvorar nolon,
U yil sayin bo‘lmoqda barbod.
Qalbing parvo qilmagay sira,
Qalbing quldir, qalbing — sohira.
Zo‘r tashnalik bermoqda azob,
Chorlovimga bir bora javob
Qaytarmadi iloha qalbing.
Ikki chashming yonayotir jim,
Sokin qalbing timsoli — sabot.
Uni afsun to‘la marosim
Xijolatga solmoqda nahot?
Rus tilidan Gulnoz Mo‘minova tarjimasi