Frensis Vebb (Francis Charles Webb-Wagg; 8 fevral 1925, Rouz Park, Adelaida, Avstraliya – 23 noyabr 1973, Raydalmir, Avstraliya) – avstraliyalik shoir. 1950 yili shizofreniya dardiga chalinib, umrini ruhiy kasalliklar kasalxonasida o‘tkazgan. Avstraliya adabiyot jamiyati oltin medali (1973), Kristofer Brennan nomidagi mukofot sohibi. Uning “Ben Boyd uchun do‘mbira”, “Tug‘ilgan kun”, “Xo‘rozning sharpasi”, “Leichxardt teatrda” kabi kitoblari chop etilgan.
BIR ShOIRGA
Musofir va mutafakkirsiz,
Qofiyadan folchi dilingiz chaman!
Bilaman, siz menga achinishingiz mumkin.
Ajabo, men sizga achinaman.
Hayotni bilasiz musobaqa deb,
Chirik bu fanodan izladingiz shon,
Qalbingizni el dardidan asrab,
Erisholmadingiz shonga hech qachon.
Qahrli ko‘zingiz boqar dog‘uli,
Go‘zallik kirolmas unga so‘roqsiz,
Beshafqat aqlning olg‘ir soqchisi –
Kipriklar qo‘ymadi yerga qorishgan
Xalqning nolasini ichga kirishga,
Fabrika qizlarining tongi poyezlarda
qiyqirgan tavqin ham eshitmadingiz.
Fojeaviy qitmirlikning yonidan o‘tib,
Bayram shishasini ko‘rgan suratkash –
O‘zingizga yaqin yaltoqi juvonlar
Va chirkin maddohlar
Orasida yashab o‘tdingiz.
Mana, bugun ezgulik va yovuzlik ustida hokimsiz.
Sizning satringizni maktab tolibi yodlashga majbur,
Va siz haykal bo‘lib tepadan pastga qaramoqdasiz.
Ayanchli manzara: siz yolg‘iz, odamsiz yaydoq maydonda.
Tagingizda yonar mangu alanga –
Men esa xalqning qabrtoshi kabi og‘ir dardin yelkalab,
hali yo‘llardaman, menga bo‘ladi.
Albatta, siz menga achinishingiz mumkin edi,
Ajabo, mening sizga rahmim keladi.
Rus tilidan Karim Bahriyev tarjimasi