Biresvar Barua

LILYaNING TUShLIGI

Barmoqlarim sanayman bir-bir,
Shoshib-shoshib chiza boshlayman.
Bir ko‘rishda dilimga asir
Chehralarga nazar tashlayman.
Yoqimli so‘z, yoqimli chehra…

Kim orzu qiladi to‘g‘nog‘ichlarni?
Qorong‘u xonada bitilgan ro‘yxat
Katta o‘rmon, barglar, shox, yog‘ochlarni
Kim bichar? Kim tikar? Bu qanday qismat?
Yovvoyi tabiat, yovvoyi xilqat…

Ko‘chatday ekilgan she’rlarim bilan
Tutib olishdimi meni yo tushlar?
Buzilgan inining sirlari bilan
Chirqirar, chirqirar begona qushlar,
Turtinib ketaman, turtinib…

Qanday ushlab ketay – xayol sarsari,
Chodirdek qabrga ko‘milar go‘yo
Yoshligim o‘ylari, xotiralari.
Choyga tushar bulut, quyosh va samo.
Xullasi, tushlik ham kelmadi…

Ingliz tilidan Oygul Suyundiqova va Zuhra Asqarova tarjimaci