Abu Bakr Xorazmiy

Abu Bakr Xorazmiy – O‘rta osiyolik arabnavis shoir

1

Gar shikoyat aylasang soch oqidan, tuhmat bo‘lur,
Bo‘lsa oq soching ekin, umring urug‘dir har qalay.

2

U sharobdir, kayfi birlan jalb etar doim seni,
So‘ng kulib kayfdan, sharobni madh etarmiz o‘ylamay.

3

Bu tanbal hojatida bo‘lma hamroh,
Fasoddan necha solih bo‘ldi gumroh.

So‘nar kul birla qorishganda cho‘g‘ ham,
Maraz sog‘ tanga singib, chektirar oh.

4

Agar yov birla duch kelsang, matonat aylagin zohir,
Bo‘lursan, sustliging oshkor etib, tuproqqa teng oxir.

Ko‘rar qo‘llarda e’zoz ko‘rkka to‘lgan faslida rayhon,
Ko‘rar axlat aro ul o‘zini qolgan chog‘da besohir.

Husniddin Sharipov tarjimasi