Uilyam Karlos (1883-1963)

Uilyam Karlos Uilyams (William Carlos Williams, 17 sentyabr 1883, Rezerford, Nyu-Jersi — 4 mart 1963, Rezerford) — amerika shoiri, vrach-pediatr.

GEOMETRIK ShAKL

Teraklar orasidagi qush —
quyosh.
Daryo bo‘ylab suzayotgan barglar —
mittigina sariq baliqlar.
Qanotlarida ko‘tarib kunni
charx uradi qush ular tepasida.
Qaqnus!
O‘shadir
oltin nur bergan teraklarga,
shamollar jaranglatgan
barglar shovqinin bosib ketgan,
illo,
o‘shaning ohangi.

Ikrom Otamurod tarjimasi