Malik Fal (1929-1978)

Malik Fal (Malick Fall) – taniqli shoir va yozuvchi. Asosan frantsuz tilida ijod qilgan. “Bo‘rtma naqshlar” she’riy to‘plami va “Jarohat” romani e’lon qilingan. Malik Falning “Qorong‘ilik”, “Sayyohlarga” she’rlarini atoqli shoirimiz Shavkat Rahmon o‘zbek tiliga o‘girgan.

QORONG‘ILIK

Qishloqlarim qo‘rqar qorong‘ilikdan,
qorong‘ilik mangu ularni quvar.
Tun kelar paytida
onam o‘t yoqadi o‘choqqa,
haydab kelar echkilarni bolalar uyga,
otam duo bilan qarshilar tunni,
Shunda qorong‘ilik tishlab-tishlab turib qoladi
qishloqlarning etaklarini.

Afrikali qishloqlarim
tunlaringiz xayrli bo‘lsin!

SAYYoHLARGA

Sandag bozorida
fillarni ko‘rgingiz kelar judayam,
Judayam suvratga olgingiz kelar
boshlarida ko‘za ko‘targan
qora qizlarni,
Bir lahza bo‘lsa ham yaqindan
ko‘rmakni istaysiz odamxo‘rlarni.
Ozodlik maydonida uxlayotgan
timsohlarni ko‘rmoq uchun
joningiz halak.
Endi bilib qo‘ying, janoblar,
bor biletlar sotilgan bugun
birorta joy yo‘q.

Shavkat Rahmon tarjimalari

O‘ZARO SO‘Z

Men qanday yuksaldim ma’nan,
So‘rama mendan,
Mening ajib sha’nga tan
Bejab so‘zlashlarimni
Gapirma menga,
Yo‘q, shudir maqbuli senga,
Betin jilgan jilg‘aday,
Sobit daryo yanglig‘ og‘ishmay,
O‘rnak olib kuchli oqimdan
Men dengizga oshiqaman.
Sen aytki,
Men sizlarga ajdodlar zakovatin
Nazr qilaman,
Meni ruhlantirar xalqimning ruhi.
Sen birla o‘qirman millatim xatin,
Bu menga shunchaki ko‘ngil shukuhi.
Yo‘q,
Sen menga keskin ayt, axir,
Mening har so‘zim
Yangi tashbehdir.

IJOD

Men burnimning tagidagi
Ko‘hna devorlarning sertuman
Oq-qora ranglar haqidagi
Manzaralarin
Yoza olmayman.

Men yozaman
Elda uchgan badiiy asarni –
Ko‘hna devorlardagi shams tumani jaranglatgan
Gullar kulin –
Rangdor sonatalarni.

Sen ko‘z yumasan,
Ziyrak tinglaysan,
Isitmali bo‘yoqlarda bir sas yashirin,
Sen ko‘rasan
Jodularning sirli shivirin,
Ham yomg‘irning kechikkan qo‘shiqlarin,
Ham muhabbatning oltinrang gardida
Bolarining shira dardida
G‘uvillashini va hatto –
Qamashgan quloqlaring bekitsang –
Mening tasvirim
Dunyoga keng va teng tarqalgan
Azaliy go‘zallikning
Yakkash nomasi sirin
Ko‘rsatar senga.

TUG‘ILGAN KUN

Agar do‘stlar sizga bildirmay
Qay zum
Ajib sovg‘a hozirlar allaqanday –
Kitoblar, gullar,
O‘yinchoqlar, ash’orlar
Yoki shunchaki tabassum.

Agar do‘stlar sizga g‘oyat pinhona
Sovg‘a hozirlashar do‘stona –
Marhamat, ularning bag‘rini tilmang,
Payqab qolishga harakat qilmang,
Zotan, sovg‘a bu.

Do‘stlarni ranjitmang chindan
G‘aroyib fahmingiz bilan!

Rus tilidan Safar Olloyor tarjimasi