Kitobxonlar diqqatiga havola qilinayotgan mazkur asar sovet ziyolilari hayotiga bag‘ishlangan. Romanning asosiy qahramoni mashhur sovet yozuvchisidir.
Asar to‘qimasiga Ikkinchi jahon urushining so‘nggi kunlaridagi voqea ham singdirib boriladi. Muallif teran falsafiy mushoxadalar orqali inson baxti, shaxs va jamiyat munosabatlari, har bir odam o‘z “sohiliga” erishishida uning ma’naviy qiyofasi asosiy mezon ekanligi haqida fikr yuritadi.
Yuriy Bondarev ushbu romani uchun 1977 yili SSSR Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.